So’nggi yangiliklar

14:40МЛС клуби Элдор Шомуродовни "Рома"дан сотиб олмоқчи  3 13:35"Боруссия Дортмунд" Байерни сотиб олди?!  2 13:13"Марсель" Ҳусановнинг жамоадоши учун 25 млн евро ва бонуслар ажратишга тайёр  1 12:33Расман: "Тоттенхэм" ҳимоячиси "Милан" билан шартнома имзолади  3 12:11Германия термаси вингери фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 11:50Лаутаро Мартинес "Интер" билан шартнома имзолади  4 11:37Футзал. Бугун Ўзбекистон Анголага қарши баҳс олиб боради  1 11:18"Барселона" Фати, Гарсия ва Ланглени янги мавсум учун рўйхатдан ўтказди  3 11:01Англия премьер-лигаси бошланмоқда. Дастлабки 10 та клуб билан таништирамиз   7 10:42Европа чемпиони АПЛнинг ТОП клубига ўтишдан бош тортди  5 10:14"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Каримжонов Искандар  0 10:08Рэтклифф нима сабабдан тен Хагни ишдан олмаганини тушунтириб берди  3 09:37"Барселона"нинг бир йўлла икки нафар етакчиси кечаги учрашувда жароҳат олди  2 09:20Гампер Кубоги. "Барселона" - "Монако" 0:3, "Барса" ҳимоячиларининг хатоси "Монако"нинг иштахасини очиб юборди  4 09:05"Челси" 10 нафар футболчисини сотувга қўйди  3

JCH-2018 saralashi. Uchinchi bosqichga kimlar yo'llanma oladi? Yangiliklar

JCH-2018 saralashi. Uchinchi bosqichga kimlar yo'llanma oladi?

Bugun Osiyo va jahon chempionatlari birlashtirilgan saralash bosqichida 9-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Unda bir qator qiziqarli bellashuvlarga guvoh bo'lamiz. So'nggi ikki tur navbatdagi raundga yo'l olgan jamoalar nomini aniqlab beradi. Hozircha bunga Janubiy Koreya va Qatar terma jamoalari erishib bo'lishdi. Xo'sh, qolgan 10 terma jamoa kimlar bo'ladi? Ushbu maqolada yaqin o'yinlar va jamoalar imkoniyati xususida to'xtalib o'tamiz.

“A” guruhi
BAA – Falastin
Saudiya Arabistoni – Malayziya
29 mart
Falastin – Timor Leste
BAA – Saudiya Arabistoni


Birinchi guruhda Saudiya Arabistonida juda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgan. Ular Malayziyani mag'lub etgan taqdirda guruhdan chiqishga yaqin kelishadi. Faqat BAA dastlab Falastin va keyin Saudiyani mag'lub etgan taqdirda ushbu jamoa ikkinchi pog'onaga tushib qolishi mumkin. Hozircha ochkolar farqi uchtani tashkil qilmoqda. Lekin oxirgi ikki bahsdan birida imkoniyatni boy bergan taqdirda ham Saudiya Arabistonida keyingi bosqichga yo'llanma olish imkoni saqlanib qolaveradi. CHunki qolgan guruhlarda ikkinchi o'rinni olgan jamoalar 5tadan ko'p ochko yo'qotishlari mumkin. BAAni esa oxirgi ikki bellashuvda g'alabalar qutqarib qoladi. O'z maydonidagi ikki uchrashuv BAA uchun hayot-mamot masalasiga teng.

“V” guruhi
24 mart
Avstraliya – Tojikiston
Iordaniya – Bangladesh
29 mart
Avstraliya – Iordaniya
Tojikiston – Qirg'iziston


Ikkinchi guruhda Avstraliyaning imkoniyati yaxshiroq. Bugun peshqadamlar Avstraliya va Iordaniya katta ehtimol bilan o'z maydonida o'tadigan bahslarda raqiblardan ustun kelishadi. So'nggi turda ularni Sidneyda o'tkaziladigan o'zaro bahs kutib turibdi. Unda mezbonlarni durang ham qoniqtirsa, Iordaniyaga faqat muvaffaqiyat guruh g'olibligini taqdim etadi. Iordaniya allaqachon 5 ochko yo'qotib bo'lgan va yana ochkolardan mahrum bo'lgan taqdirda keyingi bosqich yo'llanmasidan ham mosuvo bo'lish ehtimoli katta. Boshqa tomondan “Nashama” “Sokkeruzlar”ning noqulay raqibi sanaladi. Bizningcha, Avstraliya birinchi o'rinni qo'lga kiritadi. Iordaniya esa boshqa jamoalar natijasiga ko'z tikishga majbur.

“S” guruhi
24 mart
Xitoy – Maldiv orollari
Qatar – Gonkong
29 mart
Xitoy – Qatar
Maldiv orollari – Butan


Bu erda Qatar g'oliblikni naqd qilib bo'lgan. Xitoy va Gonkong esa 7tadan ochko yo'qotib ulgurishdi. Ular o'zaro durang o'ynab, Qatarga imkoniyatni boy berishgan. Oxirgi turlardagi g'alabalar ham bu jamoalarga etarli bo'lmasligi mumkin. CHunki qolgan guruhlarda 2-o'rin sohiblari 7 ochko yo'qotmaslikka yaqin turishibdi. SHuning uchun futbolga juda katta pul sarflayotgan Xitoy jahon chempionati saralashining oxirgi bosqichiga chiqa olmasligi mumkin.

“D” guruhi
24 mart
Eron – Hindiston
Ummon – Guam
29 mart
Hindiston – Turkmaniston
Eron – Ummon


Eron va Ummonni oxirgi turlardan avval 3 ochkolik farq ajratib turibdi. So'nggi turda jamoalar Eronda to'qnash kelishadi. Ungacha esa bugun Eron Hindistonni, Ummon Guamni qabul qiladi. Tehronda kichik hisobdagi mag'lubiyat ham Eronning peshqadamligi uchun etarli bo'ladi. CHunki jahon chempionati saralash bahslarida birinchi o'rinda to'plar farqi inobatga olinadi. Eronning ko'rsatkichi bu borada Ummonnikidan ancha yaxshi. Ummon o'z maydonida Guam ustidan juda katta farq bilan g'alabaga erishgan taqdirda ahvolini yaxshilashi mumkin.

“E” guruhi
24 mart
Yaponiya – Afg'oniston
Suriya – Kambodja
29 mart
Afg'oniston – Singapur
Yaponiya – Suriya


Har ikki jamoa keyingi bosqichga yo'l olishi mumkin bo'lgan guruhlardan biri. Bugun guruh autsayderlari ustidan zafar quchib, peshqadamlar seshanba kuni Yaponiyada to'qnash kelishadi. Unda Suriyani durang ham navbatdagi bosqich sari etaklashi mumkin. Yaponiya o'z maydonida juda kuchli o'ynaydi, shu sababli Suriya mag'lubiyatga uchrasa ham imkon qoladi, faqat boshqa guruhlar natijasiga ko'z tikish lozim bo'ladi. Mabodo Suriya Yaponiyadan ustun kelsa, yaponlar baribir yo'qotilgan ochkolari miqdori kamligi evaziga bemalol eng yaxshi ikkinchilar qatorida bo'lishlari kutilmoqda.

“F” guruhi
24 mart
Iroq – Tailand
Vetnam – Xitoy Taypeyi
29 mart
Iroq – Vetnam


Tailand bugun Iroq bilan durangga erishsa, birinchi o'rinni naqd qilib qo'yadi. Iroq esa peshqadamlikni qo'lga kiritishi uchun oxirgi ikki o'yinda yutishi shart. Aks holda, navbatdagi ochko yo'qotishlar Iroqqa qimmatga tushishi mumkin. Tailand Iroqqa qarshi bahsda mag'lubiyatga uchrasa, jami 5 ochko yo'qotgan bo'ladi. Bu esa tayliklarga ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqish imkonini saqlab qoladi.

“G” guruhi
24 mart
Janubiy Koreya – Livan
29 mart
Livan - Myanma


Bu guruhda koreyslar g'oliblikka erishib bo'lgan. Ikkinchi o'rin sari intilayotgan Livanda eng yaxshi 4 jamoadan biri bo'lish uchun imkoniyat juda kam. Quvayt esa FIFA tomonidan chetlashtirilgan va uning ikki uchrashuvi boshqa muddatga qoldirilgan. O'sha o'yinlarni yutgan taqdirda ham Quvayt jahon chempionati sari yurishni davom ettira olmasa kerak.

“H” guruhi
24 mart
O'zbekiston – Filippin
Bahrayn – Yaman
29 mart
O'zbekiston – Bahrayn
Filippin – KXDR


Bizning guruhda kurash termamiz va KXDR o'rtasida davom etmoqda. Futbolchilarimiz ikki o'yinni yutgan taqdirda yoki kamida 4 ochko jamg'arsa, birinchi o'rinni deyarli o'zlariniki qilishadi. Ikkala o'yinda g'olib chiqsak, peshqadamlik aniq bizga nasib etadi. KXDR ham Filippindan ustun kelib, eng yaxshi 4 jamoa qatoridan o'rin olishi mumkin.


Behzod NAZAROV.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика