JCH-2018 saralashi. O'zbekistonning guruhidagi vaziyat qanday?
14 iyu 2017 07:55
Yangiliklar
JCH-2018 saralashi. O'zbekistonning guruhidagi vaziyat qanday?
Kecha JCH-2018 saralashining Osiyo qitasidagi navbatdagi o'yinlar bo'lib o'tdi.
Suriya Xitoy bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi. Qatar esa o'z uyida Janubiy Koreyani mag'lub etishning uddasidan chiqdi - 3:2. Bu natijalar bir kun oldin Eronga yutqazgan O'zbekiston terma jamoasi uchun ayni muddao bo'ldi.
Saralash bahslari tugashiga ikki tur qolganida O'zbekiston hamon uchinchi o'rinda bormoqda. Oldinda bizni Xitoyga safar va Toshkentda Janubiy Koreyaga qarshi o'yin kutmoqda.
Janubiy Koreya esa keyingi turda JCH-2018ga chiqib bo'lgan Eronni qabul qiladi va keyin Toshkentga keladi.
Fikrlar