So’nggi yangiliklar

19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  13 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  1 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

JCH–2018 saralashi. O'zbekiston – Suriya uchrashuviga prevyu Yangiliklar

JCH–2018 saralashi. O'zbekiston – Suriya uchrashuviga prevyu

O'zbekiston milliy terma jamoasi 1 sentyabr kuni Jahon chempionati–2018 turniriga saralashning uchinchi bosqichini Toshkentda, Suriya terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

“Bunyodkor” stadionida mahalliy vaqt bilan 20:00 da start oladigan O'zbekiston – Suriya uchrashuvi oldidan jamoalar o'rtasida o'tkazilgan o'zaro o'yinlar, ularning so'nggi bahslarda qayd etgan natijalari hamda o'yin rasmiylari kabi malumotlar taqdim etiladi.

Ikkinchi saralash bosqichidagi natijasi

JCH–2018 turniriga saralashning ikkinchi bosqichi “H” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston terma jamoasi 8 uchrashuvdan atigi 1 tasida imkoniyatni boy berib, guruhda 1-o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l oldi.

Suriya terma jamoasi “E” guruhida Yaponiyadan keyin 2-o'rin bilan o'z tarixida birinchi bor saralash bosqichining final yo'llanmasiga ega bo'ldi.

O'zaro uchrashuvlar

O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriya bilan atigi bir marta – 1996 yilgi Osiyo Kubogi guruh bosqichida uchrashgan. O'shanda suriyaliklar 2:1 hisobida zafar quchgandi.

FIFA reytingidagi o'rni

O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda FIFA reytingida 55-pog'onadan joy egallab turibdi. Osiyo mamlakatlari orasida milliy terma jamoa Eron, Janubiy Koreya va Yaponiyadan keyin to'rtinchi o'rinda joylashgan.

Suriya terma jamoasi FIFA reytingida 105-o'rindan joy olgan. Osiyo mamlakatlari orasida Suriya Qirg'iziston, Iroq, Ummon, Tojikiston, Bahrayn kabi mamlakatlarni ortda qoldirgan.

So'nggi uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar

O'zbekiston milliy terma jamoasi so'nggi uch o'rtoqlik o'yinida 2 ta g'alabaga erishib, 1 ta mag'lubiyat qabul qilib oldi.

Kanada – O'zbekiston 2:1
O'zbekiston – Iroq 2:1
O'zbekiston – Burkina Faso 1:0

Suriya terma jamoasi so'nggi uchta o'rtoqlik o'yinida ikkita durang qayd etib, bitta g'alabaga erishgan.

Tailand – Suriya 2:2 (7:6 – penaltilar seriyasi)
BAA – Suriya 0:1
Tojikiston – Suriya 0:0

Uchrashuv rasmiylari

O'zbekiston – Suriya o'yiniga bosh hakam sifatida FIFA referisi Sato Ryuji tayinlandi. Unga qanotlarda hamyurtlari Toru Sagara hamda Xiroshi Yamauchi yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasi Xiroyuki Kimuraga yuklatildi. Hakamlar nazoratchisi etib baxraynlik Abdulrahmon Aldelavar tayinlangan bo'lsa, komissar sifatida malayziyalik Ni Sen Toh ishlaydi.

JCH–2018. Uchinchi saralash bosqichi, 1-tur

O'zbekiston – Suriya
1 sentyabr, payshanba
Bosh hakam
– Sato Ryuji (Yaponiya);
Qanot hakami-1 – Toru Sagara (Yaponiya);
Qanot hakami-2 – Xiroshi Yamauchi (Yaponiya);
To'rtinchi hakam – Xiroyuki Kimura (Yaponiya);
Hakamlar nazoratchisi –Abdulrahmon Aldelavar (Bahrayn);
Komissar – Ni Sen Toh (Malayziya).

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика