JCH–2018 saralashi. Eron – O'zbekiston uchrashuvini ummonlik hakamlar boshqaradi
10 may 2017 11:26
Yangiliklar
JCH–2018 saralashi. Eron – O'zbekiston uchrashuvini ummonlik hakamlar boshqaradi
Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) bo'lajak o'yinga rasmiylarni tayinladi.
Ummonlik FIFA referisi Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf mazkur o'yinda bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Hamid Sulaymoy Marhun al-Mahayi hamda Abu Bakar Salim Mahad al-Amri yordam beradi. Umar Muborak Mazarua al-Yoqubiy (Ummon) zaxira hakami sifatida ishlaydi.
Hakamlar ishiga malayziyalik Muhammad Solih Subhiddin baho beradi. Uchrashuv komissari etib yaponiyalik Kaise Tomoxiro tayinlandi. Xavfsizlik bo'yicha oficer – Tara Singx (Malayziya).
Eslatib o'tamiz, Eron – O'zbekiston uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida o'tkaziladi. O'yin mahalliy vaqt bilan 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi rejalashtirilgan.
Malumot uchun, JCH–2018 saralashi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O'zbekiston 12 ochko bilan guruhda hozircha 3-pog'onada bormoqda.
Fikrlar