So’nggi yangiliklar

16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  0 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  3 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  1 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  1 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  6 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  2 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  22

JCH-2018 saralashi. "B" guruhi prevyusi Yangiliklar

JCH-2018 saralashi. "B" guruhi prevyusi

JCH-2018 saralashi, Osiyo qitasida "B" guruhidan o'rin olgan 3-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.



YAPONIYA – IROQ
6 oktyabr 2016. Saitama. "Saitama 2002" stadioni. 15:35
Bosh hakam:
Kim Dong Jin (Janubiy Koreya)

“V” guruhida 3-tur Saytamada Yaponiya va Iroq uchrashuvi bilan boshlanadi. Yaponlar uydagi dastlabki bahsda imkoniyatni boy berib qo'yishgandi. SHu sababli “samuraylar” bu safar ancha hushyor holda o'ynashlariga shubhalanmaymiz. Iroq esa har ikki o'yinda imkoniyatni boy bergan. SHuning uchun galdagi omadsizlik Iroqni JCH orzusidan deyarli mahrum qiladi. Yaponiyaning ayni paytdagi vazifasi tezroq Saudiya Arabistonini quvib etishdan iborat. Agar mezbonlar imkoniyatlari darajasida harakat qilishsa, unda g'alabaga erishishlarini bemalol taxmin qilsa bo'ladi. Iroq esa hech yo'g'i safarda bir ochkoni qo'lga kiritishga urinib ko'radi.



BAA – TAILAND
6 oktyabr 2016. Abu Dabi. "Muhammad Bin Zayed" stadioni. 21:00
Bosh hakam
: Liu Kvok Man (Gongkong)

Yaponiyani safarda mag'lubiyatga uchratgandan keyin bu jamoa to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritishga urinib ko'rishini taxmin qilish mumkin. Uyda Tailand mag'lub etilgan taqdirda jamoa holatini ancha yaxshilab oldi. Muhimi, BAA hozirgacha guruh favoritlari bilan o'ynab bo'ldi. Bu yog'iga qolgan uch bellashuvda zafar quchgan taqdirda birinchi davradan keyin mundialga borish uchun juda yaxshi imkoniyat hosil qiladi. O'z navbatida Tailandning yo'qotadigan narsasi qolmadi. Tayliklar har ikki bellashuvda mag'lubiyatga uchrashgan. SHu sababli Abu Dabidagi bahs bu jamoa taqdirini hal etishda katta ahamiyat kasb etadi. Umar Abdulrahmon va Ahmad Halildek futbolchilarga ega BAAdan muvaffaqiyatni kutishimiz o'rinliroq bo'lsa kerak.




SAUDIYA ARABISTONI – AVSTRALIYA
6 oktyabr 2016. Jidda. "Qirol Abdulloh" stadioni. 22:45
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (O'zbekiston)

Guruhda peshqadamlik qilayotgan jamoalar Saudiyada to'qnash kelishadi. Har ikki terma 6 ochkodan jamg'argan holda 100 foizlik natija qayd etib turibdi. Saudiya Arabistoni dastlabki ikki turni unchalik yorqin o'tkazmadi, lekin penaltilar evaziga zafar quchishga erishdi. Avstraliya esa o'yin saviyasi bo'yicha guruhda barchadan ustun. Yaponiya ham hozir umumiy daraja borasida “sokkeruzlar” bilan bellasha olmaydi. Riyodda Saudiya hech bo'lmaganda durangga erishishga intilib ko'rishi mumkin. CHunki Avstraliya 11 oktyabr sanasida Yaponiya bilan o'tadigan to'qnashuvda g'alaba qozonish orqali asosiy raqobatchisidan ko'proq o'zib ketish imkoniyatini qo'lga kiritadi. Saudiya Arabistoni uchun Avstraliyaga qarshi uchrashuv juda katta qiymatli bahs vazifasini o'tab beradi.



Behzod NAZAROV.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика