JCH-2018. Saralash bosqichi. Germaniya safarda qiyin g'alabaga erishdi, Norvegiya Ozarbayjonni taslim etdi
02 sen 2017 01:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/275541_original.jpg)
![](/upload/storage/275541_220.jpg)
JCH-2018. Saralash bosqichi. Germaniya safarda qiyin g'alabaga erishdi, Norvegiya Ozarbayjonni taslim etdi
Mintaqaning “S” guruhida ishtirok etayotgan Germaniya terma jamoasi safarda CHexiyani qiyinchilik bilan mag'lub etdi. Uchrashuvning 4-daqiqasida Timo Verner hisobni ochgan bo'lsa, 78-daqiqada Vladimir Darida nemislar darvozasiga chiroyli gol urib muvozanatni tikladi. Ammo bellashuvning so'nggi daqiqalarida Mats Xummels mehmonlarga g'alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi.
JCH-2018 - Evropa. C guruhi. 7- tur
CHexiya 1 : 2 Germaniya
0:1 – Verner – 4, 1:1 – Darida – 78, 1:2 – Xummels – 88
Norvegiya 2 : 0 Ozarbayjon
1:0 – King – 32 (pen), 2:0 – Sadyxov – 59 (avtogol)
San-Marino 0 : 3 SHimoliy Irlandiya
0:1 – Majennis – 70, 0:2 – Majennis – 75, 0:3 – Devis – 78 (pen)
“S” guruhidagi vaziyat:
1. Germaniya - 21 ochko (7 o'yin);
2. SHimoliy Irlandiya - 16 (7);
3. CHexiya - 9 (7);
4. Norvegiya - 7 (7);
5. Ozarbayjon - 7 (7);
6. San-Marino - 0 (7).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar