So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

JCH-2018. Polsha kutilmaganda Senegalga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

JCH-2018. Polsha kutilmaganda Senegalga mag'lub bo'ldi

Teglar :  PolshaSenegal
Polsha hamda Senegal terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 guruh bosqichining 1-tur uchrashuvi yakunlandi.

JCH-2018. "H" guruhi

Polsha - Senegal 1:2 

Gol: Krixovyak 86 - CHonek 37 (avtogol), Nyang 60.

Bosh hakam: Navaf SHukrulla

Polsha: 1.Voycex SHesni, 2.Mixal Pazdan, 4.Tiago CHonek, 20.Lukash Pishek (Bereshinski 83), 10.Gjegoj Krixovyak, 11.Kamil Grosicki, 13.Macey Ribus, 16.Yakub Blashikovski (Bednarek 46), 19.Pyotr Zelinski, 7.Arkadiush Milik (Kovnacki 73), 9.Robert Levandovski.

Senegal: 16.Xadim NDiaye, 3.Kalidu Kulibali, 12.Yussuf Sabali, 22.Mussa Vage, 5.Idrissa Geye, 6.Salif Sane, 13.Alfred NDiaye (Kuyate 89), 9.Mame Diuf (Ndoye 62), 10.Sadio Mane, 18.Ismaila Sarr, 19.Mbaye Nyang.

Ogohlantirishlar: Krixovyak 12 - Sane 49, Geye 72.

Poland

Grzegorz Krychowiak - 86'

World Cup Grp. H . 1-tur

19/06/2018, 20:00

2
:
1
Tugadi

Senegal

Thiago Cionek - 37', M'Baye Niang - 60'

Stadion: Otkrytiye Arena, 44190 tomoshabin

Bosh hakam: Nawaf Shukralla

45'
90'
12'  Grzegorz Krychowiak
46'  Jakub Blaszczykowski (Jan Bednarek)
73'  Arkadiusz Milik (Dawid Kownacki)
83'  Lukasz Piszczek (Bartosz Bereszynski)
86'  Grzegorz Krychowiak
86'  Kamil Grosicki
37'  Thiago Cionek
49'  Salif Sane
60'  M'Baye Niang
62'  Mame Biram Diouf (Cheikh N'Doye)
72'  Idrissa Gana Gueye
75'  M'Baye Niang (Moussa Konate)
87'  Alfred N'Diaye (Cheikhou Kouyate)



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Navaf SHukrulla uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berdi.

89. O'zgarish. Ndaye o'rniga Kuyate maydonga tushdi.

86. GOOOOOOLLL! KRIXOVYAK!!! Hisob qisqardi. Jarimadan uzatilgan to'pni Gjegoj bosh bilan raqib darvozasiga kiritdi.

84. Senegallik futbolchi raqib maydonida yiqildi, Ribus esa bu simulyaciya deb raqibiga jahl qildi. Hakam aralashuvi bilan janjalning oldi olindi.

83. O'zgarish. Bereshinski Pishek o'rniga maydonga tushdi. 

81. Senegalliklar yana bir vaziyatga ega bo'lishdi, bu safar SHesni ishga kirishdi va darvozasiga yana bir gol kirishini oldini oldi.

79. Polshalik muxlislar xomush. Ularning sevimlilari bugun juda yomon o'yin ko'rsatishmoqda.

75. O'zgarish. Mbaye Nyang o'rniga Mussa Konate o'yinga qo'shildi.

73. O'zgarish. Kovnacki Milik o'rniga maydonga tushdi.

72. Idrissa Geye Krixovyakka nisbatan qoida buzdi. Sariq kartochka. 

70. Milik  qanotdan erlatib uzatilgan to'pni darvozaga burishga urindi, biroq u o'ylagandek zarba bo'lmadi.

62. Mame Diuf o'rniga Ndoye maydonga tushdi.

60. GOOOOOLLLL! MBAYE NYANG!!!!! 2:0. Nyang kutilmaganda himoyachi va darvozabondan qochib ketdi. Polshaliklar bir-birini tushungunicha Senegal futbolchisi o'z jamoasining ikkinchi golini urdi. Golni telegram kanalimizdan ko'chiring: TELEGRAM

56. PISHEEEK! Lukash qanotdan uzatilgan to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, ammo zarba u kutgandek bo'lmadi.

52. Senegaldan javob hujumi! Afrikaliklar yaratgan vaziyat zarba bilan yakunlandi, biroq to'p polshalik futbolchiga tegib, jarima maydonini tark etdi.

50. ZARBAAA! Levandovski darvozaning burchagini nishonga oldi, biroq Xadim NDiaye seyv ijro etib, jamoasini qutqarib qoldi.

49. Salif Sane Levandovskiga qarshi qoida buzdi. Sane shunga majbur bo'ldi, aks xolda polshalik hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Sariq kartochka.

47. Hozirgina maydonga tushgan Bednarek jarohat oldi. Havotirga hojat yo'q, futbolchi o'zi o'rnidan turdi va maydonga qaytdi.

46. IKkinchi bo'lim boshlandi.

O'zgarish. Blashikovski o'rniga Bednarek maydonga tushdi.

TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. Saliffff! Senegal terma jamoasi hisobni kattalashtirishi mumkin edi, ammo uning bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

37. GOOOOOOOLLLL! Rikoshetdan so'ng Senegal terma jamoasi hisobda oldinga chiqib oldi. Idrissa Geyening zarbasini qaytarmoqchi bo'lgan Tiago CHonek, to'pni o'z darvozasiga burib yubordi.

36. Ismaila Sarr Sadio Mane bilan to'qnashib, shikastlandi. O'yin to'xtatildi.

33. Senegal terma jamoasi ikki marta qanotdan uzatma amalga oshirib, xavfli hujumlar yaratishga muvaffaq bo'ldi. Uzatmalarga hujumni yakunlovchi zarbalar etishmayapti.

27. O'yindan biroz zerikib qolgan muxlislar raqib jamoa ishqibozlari bilan muxlislik bo'yicha bellashuv o'tkazishmoqda.

23. Nihoyat Levandovski ham darvoza tomon zarba berdi, biroq to'p u o'ylagan tomonga bormadi va senegalliklar erkin zarba orqali to'pni o'yinga kiritishdi.

20. Polshaliklar qanotdan hujum boshlashdi, qaytarilgan to'p orqali ikkinchi hujum to'lqini amalga oshirildi, zarba esa noaniq.

19. Mbaye Nyang raqib jarima maydonchasiga yaqin kelishi bilan SHesni qo'riqlayotgan darvozaga zarba berdi, ammo uning chap oyoqda bergan zarbasi noaniq ketdi.

16. Ismaila Sarr Polsha terma jamoasi jarima maydonchasiga yorib kirishga urindi, biroq futbolchi yiqildi, hakam esa qoida buzilmaganini malum qildi.

13. Salif Sane ishlab olingan standartdan darvozani nishonga olishga ulgurdi, biroq zarba noaniq chiqdi.

12. Navaf SHukrulla bahs boshida Krixovyakni sariq kartochka bila jazoladi. Gjegoj raqibning hujumini qo'pollik bilan to'xtatdi.

8. Senegal terma jamoasi faollashdi. Ularning hujumlari xavfli tus olmoqda.

5. Ilk xavfli vaziyat polshaliklar tomonidan yaratildi. Biroq senegalliklar zarbaga imkon berishmadi.

4. Hozircha jamoalar bir-birini o'rganish bilan band.

1. Uchrashuv boshlandi.


- O'yinda urilgan gollarni bu erdan ko'chirib olasiz: TELEGRAM

- Bugungi uchrashuv uchun taxminlaringiz qanday? Izohda yozib qoldiring.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Moskvadagi "Otkritie Arena"da bugun Polsha hamda Senegal terma jamoalari kuch sinashishadi. Mundialning oltinchi kunidagi ikkinchi bahs voqealarini shu erda o'qib boring.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика