

Avvalroq forslarning Afrika vakili Liviya bilan 15 martada o'ynashi e'lon qilingandi, biroq ayrim sabablarga ko'ra bu o'yin o'tkazilmaydigan bo'ldi. Natija Eron o'ziga boshqa raqib topdi: Serra-Leone. Mazkur jamoaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi 17 mart kuni Tehrondagi "Ozodi" stadionida bo'lib o'tadi.
Ushbu yangilikni Eron futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Taj OAVga ma'lum qildi. Serra-Leone terma jamoasi ayni payt FIFA reytingida 97-o'rinni egallab turibdi. Eron esa 33-o'rinda bormoqda. Mehdi Taj jurnalistlarga yana quyidagilarni ma'lum qildi:
- "Navbatdagi jahon chempionatidan umidimiz katta, shu bois jiddiy tayyorlanmasak bo'lmaydi. Terma jamoamiz 17 mart kuni Serra-Leone bilan o'ynashga kelishib oldi. Shuningdek, 23 mart kuni Tunisga qarshi o'yinimiz ham bor. Avstriyadagi o'quv-yig'in mashg'ulotida Jazoir bilan o'ynaymiz".
- "Qolaversa, 11 may kuni Suriya va 18 mayda O'zbekiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushamiz. May oyida Turkiyada ham yig'in o'tkazamiz va u yerda Turkiya (28 may) va Gretsiya (2 iyun) bilan kuch sinashib ko'ramiz. JCH oldidan oxirgi nazorat bellashuvini 8 iyun kuni Litvaga qarshi o'tkazamiz".



