So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   7 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

JCH-2018. Nigeriya Argentinadan ochko olgan Islandiyani mag'lub etdi Yangiliklar

JCH-2018. Nigeriya Argentinadan ochko olgan Islandiyani mag'lub etdi

Bugun JCH-2018 2-turi doirasida 3ta uchrashuv o'tkazilmoqda.

"D" guruhi doirasida Nigeriya va Islandiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi. Uchrashuvdagi vaziyatlarni shu sahifada kuzatib bordingiz.

Nigeria

Ahmed Musa - 49', Ahmed Musa - 75'

World Cup Grp. D . 2-tur

22/06/2018, 20:00

0
:
2
Tugadi

Iceland

Stadion: Volgograd Arena, 40904 tomoshabin

Bosh hakam: Matthew Conger

45'
90'
44'  Brian Idowu
46'  Brian Idowu (Tyronne Ebuehi)
49'  Ahmed Musa
49'  Victor Moses
75'  Ahmed Musa
75'  Kenneth Omeruo
85'  Kelechi Iheanacho (Odion Ighalo)
90'  Peter Etebo (Alex Iwobi)
65'  Ragnar Sigurdsson (Sverrir Ingi Ingason)
71'  Jon Dadi Boedvarsson (Bjoern Sigurdarson)
83'  Gylfi Sigurdsson
87'  Aron Gunnarsson (Ari Freyr Skulason)


JCH-2018
"D"
guruhi, 2-tur
"Volgograd Arena"
Nigeriya - Islandiya 2:0
Bosh hakam:
Metyu Konger
Gollar: A.Musa 49, 75
Amalga oshirilmagan penalti: G.Sigurdsson 83

Nigeriya: 23.Frensis Uzoxo, 5.Uilyam Ekong, 2.Brayan Idovu (21. Tiron Ebuexi, 46), 6.Leon Balogun, 4.Oninie Ndidi, 8.Ogenekaro Etebo (18.Aleks Ivobi, 90), 10.Jon Obi Mikel, 11.Viktor Mozes, 7.Ahmed Musa, 14.Kelechi Ixeanacho (9.Odion Igalo, 85), 22.Kennet Omeruo.

Islandiya: 1.Xannes Xalldorsson, 6.Ragnar Sigurdsson (5.Sverrir Ingason, 64), 18.Xyordur Magnusson, 2.Birkir Sevarsson, 14.Kari Arnason, 17.Aron Gunnarsson (23.Ari Skulasson, 87), 10.Gilfi Sigurdsson, 19.Rurik Gislason, 8.Birkir Byarnason, 11.Alfred Finnbogason, 22.Yon Bodvarsson (9.Borm Bergmann Sigurdsson, 71).

Ogohlantirish: B.Idovu 44


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuvga yakun yasaldi. 1-turda Argentinadan ochko tortib olgan Islandiya Nigeriya oldida ojiz qoldi.

94 - Jon Obi Mikel qo'lidan lat edi va tibbiy yordam oldi.

Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90 - Nigeriya tarkibida Etebo o'rniga Aleks Ivobi maydonga tushdi.

83 - Zarbaaaaa, ehhheeeehee. Islandiyaning haqiqiy yulduzi Gilfi Sigurdsson penaltidan foydalana olmadi, to'p yuqoridan o'tib ketdi. Gilfi o'yinga intrigani qaytarishi mumkin edi...

81 - Bosh hakam penalti belgiladi, yashasin VAR tizimi. 

80 - Bosh hakam Met Konger penalti bo'lishi ehtimoli bilan VAR ga murojaat qildi, Kutamiz.

75 - Gooooooollllll, Ahmed Musaaaa yana bir chiroyli gol kiritdi. Musa avvaliga Kari Arnasondan qochib ketdi, keyin darvozabonni aldab o'tib gol urdi.

74 - Zarbaaa, Musadan super zarba va darvoza to'sini

70 - Ekongning boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.


Boshi yorilgan Ragnar Ixeanachoga qarshi.


64 - Boya Musa sabab boshi yorilgan Ragnar Sigurdsson maydonni tark etdi. Uning o'rniga esa Sverrir Ingason tushdi. Ragnarga salomatlik tilab qolamiz.

57 - Ndididan ajoyib zarba va Xalldorssondan super seyv.


Musa hisobni ochganidan so'ng.


53 - Musa gol urib bo'lgach bexostan Ragnar Sigurdssonning boshini tepib o'tib ketdi. Ragnarga 3 daqiqadan ko'proq vaqt davomida tibbiy yordam ko'rsatildi. Island libosini ham almashtirishga majbur bo'ldi, chunki qonli libos bilan maydonda harakatlanish mumkin emas.

49 - Gooooooollllll, Ahmed Mussaaaaa uchrashuvda hisobni ochdi. Viktor Mozes tomonidan etkazib berilgan to'pni chiroyli tarzda to'xtatib olgan Musa chiroyli gol muallifiga aylandi. Bu Nigeriyaning o'yindagi birinchi zarbasi edi.

Ikkinchi bo'limga start berildi.

Birinchi bo'limga yakun yasaldi. Nigeriya juda ham passiv bo'lgan bo'limda hisob ochilmadi.

Uchrashuvni FIFA prezidenti Janni Infantino ham bevosita stadiondan kuzatib bormoqda.

45 - Xavfli vaziyattt, Sigurdssonning jarimadan etkazib bergan to'piga Finnbogason va Byarnasonlar salgina etib bora olishmadi. Lekin, keskin vaziyat yuzaga keldi.

44 - Afrikaliklar standart vaziyatlarni shunchaki ko'kka sovurishmoqda.

42 - Musa islandlar darvozaboni Xalldorssonni turtib maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

38 - Ixeanachoning jarimadan uzatgan to'pini Sevarsson maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


Tinib-tinchimagan odamlar-ey, nimalarni o'ylab topishmaydi-ya...


34 - Sevarsson raqib jarima maydonchasida yiqildi, hakam Etebo qo'pollik ishlatmadi deb topdi. Qoida buzilmagan edi.

30 - Islandlar maydon markazida to'pni raqiblardan olib qo'yishdi, ammo tezkor qarshi hujumga o'tib keta olishmadi.


Islandiya va Nigeriya futboli afsonalari Birkir Kristinsson va Nvanko Kanu o'yin boshlanishidan oldin maydonga tushishdi.


21 - Byarnasson to'p uzatishi zarbaga aylanib ketdi, Uzoxo to'pni urib yubordi.

18 - O'yin tempi yuqori emas hozircha.

15 - Islandiya sardori Aron Gunnarsson to'pni yon chiziqdan huddi burchakdan oshirgandek uzatib bermoqda. Vitaliy Denisov bo'lib ket-eee.


Uzoxo Sigurdssonning jarimadan bergan zarbasini qaytarayotgan holat.


Islandlar o'yinni yaxshi boshlashdi, axir bu Argentinadan ochko tortib olgan jamoa. Nigeriya esa hozircha faqat libosi bilan ajralib turibdi.

6 - Zarba, bu safar ham Sigurdssonning jarima maydonchasiga kirmasdan tepgan to'pini yana Uzoxo ushlab oldi. Bu vaziyatda islandlar etakchisiga to'pni Finnbogason etkazib bergan edi.

3 - Zarbaaa, Gilfi Sigurdssonning jarimadan tepgan aniq zarbasini Frensis Uzoxo qaytarib qoldi. Gilfi to'pni deyarli to'qqizlikka aniq yo'naltirgan edi. Boshlanishi yomon emas.

-Uchrashuv boshlandi.

- Har ikkala davlat madhiyalari yangradi, sardorlar o'yinni kim boshlashini aniqlab olishdi. Bahsni boshlashga hamma narsa shay.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика