So’nggi yangiliklar

09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  0 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  1 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  1 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  2 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  2 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  22 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  8 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  7 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0

JCH-2018. Moskvada joylashgan FIFA FAN FEST, "Lujniki Arena" va MATCH TV studiyasi. Mundial SA nigohida FOTO Yangiliklar

JCH-2018. Moskvada joylashgan FIFA FAN FEST, "Lujniki Arena" va MATCH TV studiyasi. Mundial SA nigohida FOTO

Bir necha kun avval Samaradan Moskva shahriga 1060 kilometr yo'l bosib etib kelganimiz haqida xabar bergan edik.

Kecha Rossiyaning Qozon hamda Nijniy Novgord shaharlarida jahon chempionati chorak final bosqichidan o'rin olgan ikki uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Franciya terma jamoasi Urugvayga qarshi bahs olib borgan bo'lsa, Braziliya terma jamoasi Belgiyaga qarshi o'yin o'tkazdi. Biz ushbu uchrashuvni Moskvada joylashgan FIFA FAN FEST hududidan tomosha qildik. Moskvada joylashgan ushbu "Fan Zona"ni shunchaki so'z bilan tariflash qiyin. Sababi, ushbu "Fan Zona" juda ham katta maydonga qurilgan va o'z bag'riga bemalol 100 minglab futbol muxlislarini sig'dira oladi.

Kecha Franciya - Urugvay hamda Braziliya - Belgiya terma jamoasi o'rtasidagi uchrashuvni FIFA FAN FEST hududidan tomosha qilish 20 mingga yaqin turli xil millatdan tashrif buyurgan futbol muxlislari tomosha qilishdi. U erdagi futbol muxxlislari bilan suhbatlashganimda, ular bu ikki uchrashuvga tashrif buyurgan eng kam sonli muxlislar ko'rsatkichi ekanligini aytishdi. Rossiya terma jamoasining o'yini bo'ladigan kun ushbu "Fan Zona" muxlislar billan to'lib toshishini aytishdi. Buni so'z bilan tariflash juda ham qiyin.

FIFA FAN FEST hududiga kirib borishingiz bilan maxsus tekshiruvdan o'tasiz va sizda hech qanday muammo bo'lmasa  bemalol ichkariga kirishingiz mumkin. "Fan Zona"ga kirishingiz bilan  ikki tomonda o'rnatilgan katta ekranga ko'zingiz tushadi. U erda muxlislar  futbol uchrashuvlarini bemalol tomosha qilish uchun bitta katta va 8ta kichik, jami 9ta monitor o'rnatilgan. 

Futbol muxlislari FIFA FAN FEST da kuniga ikkita uchrashuv tomosha qilishi mumkin. "Fan Zona"da futbol ko'rish uchun barcha qulayliklar mavjud. Ovqatlanish uchun maxsus oshxona, telefoningizni quvvatlantirish uchun maxsus joy, ko'ngilochar hudud va FIFAning maxsus do'koni mehmonlar uchun tinmay xizmat qilmoqda.


FIFA FAN FEST hududidan tashqariga chiqganizda Matv TVning ko'chma televizion stanciyasini va uning ortida zamonaviy "Lujniki" stadionini ko'rishingiz mumkin.


MATCH TVning jahon chempionati uchun barpo etgan studiyasi 


"Lujniki Arena" 


FIFA OFFICIAL SHOP

Moskvadagi FIFA FAN FEST hududida FIFAning rasmiy do'koni muxlislar uchun xizmat ko'rsatmoqda. Do'kondagi barcha maxsulotlarning narxlari quyidagi suratlarda ko'rsatilgan.


Championat.asia saytining Jahon chempionati davomidagi hamkorlari "Start" savdo belgisi, "O'zbegim" kolbasalari va Elmakon savdo belgisi.


FOTO: SOTVOLDIEV Jahongir Moskva shahridan maxsus

Muallif :
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика