So’nggi yangiliklar

13:28Расман: Лени Йоро 3 ойга сафдан чиқди  5 12:46Карло Анчелотти: "Таркибимиздан кўнглим тўқ. Крооснинг ўрнини билинтирмаслик учун салоҳиятимиз етарли"  1 12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  6 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  5 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  6 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  2 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  7 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  3 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  2 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  10 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  11 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  5 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  13

JCH-2018. Qoyil Janubiy Koreya, xayr Germaniya! Yangiliklar

JCH-2018. Qoyil Janubiy Koreya, xayr Germaniya!

Bugun "F" guruhida 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Amaldagi Jahon chempioni hisoblangan Germaniya terma jamoasi guruhdan chiqish uchun Janubiy Koreya bilan bellashdi. Qitadoshlarimiz kutilmaganda sensaciya qayd etishdi va nemislarni mag'lub etishdi.

South Korea

Young-Gwon Kim - 90', Heung-Min Son - 90'

World Cup Grp. F . 3-tur

27/06/2018, 19:00

0
:
2
Tugadi

Germany

Stadion: Kazan Arena, 41835 tomoshabin

Bosh hakam: Mark Geiger

45'
90'
9'  Woo-Young Jung
23'  Jae-Sung Lee
48'  Seon-Min Moon
56'  Ja-Cheol Koo (Hee-Chan Hwang)
65'  Heung-Min Son
69'  Seon-Min Moon (Se-Jong Joo)
79'  Hee-Chan Hwang (Yo-Han Go)
90'  Young-Gwon Kim
90'  Heung-Min Son
90'  Se-Jong Joo
58'  Sami Khedira (Mario Gomez)
63'  Leon Goretzka (Thomas Mueller)
78'  Jonas Hector (Julian Brandt)


JCH-2018
"F"
guruhi, 3-tur
"Qozon Arena"
Janubiy Koreya - Germaniya 2:0
Bosh hakam:
Mark Geyger
Gollar: K.Yong Gvon 90+3, S.Xyon Min 90+7

Janubiy Koreya: 23.CHo Xyun-Vu, 2.Li Yong, 5.Yung Yong-Sun, 14.Xong CHul, 19.Kim Yong-Gvon, 20.Jang Xyun-Su, 13.Ku Ja CHol (11.Hi-CHan Xvang, 56, (22.Go Yo Xan, 79), 15.Jung Vo-Yung, 17.Li Jae-Sung, 18.Mun Seun-Min (8.Si Jong Ju, 69), 7.Son Xen Min.

Germaniya: 1.Manuel Noyer, 3.Yonas Xektor (20.Yulian Brandt, 78), 5.Mats Xummels, 15.Nikolas Zyule, 18.Joshua Kimmix, 6.Sami Xedira (23.Mario Gomez, 58), 8.Toni Kroos, 10.Mesut O'zil, 14.Leon Gorecka (13.Tomas Myuller, 63), 9. imo Verner, 11.Marko Roys.

Ogohlantirishlar: J.Vo-Yung 9, L.Jae-Sung 23, M.Seun-Min 48, S.Xyon Min 65


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi, qoyil Janubiy Koreya, xayr Germaniya.

Manuel Noyer eng kerakli vaziyatda hujumga o'tganda xatoga yo'l qo'ydi.

Golllllll, koreyslar sensaciya qayd etishlari deyarli aniq. Son Xyon Min jamoasiga tarixiy g'alabani taqdim etadi shekilli

90+7 - Gooooollll, yo'q, yana VARga qaraladi. Noyer hujumga o'tdi va to'pni oldirib qo'ydi.

90+6. Noyer maydon markazida o'ynamoqda.

Golllllllllllll, Janubiy Koreya sensaciya qayd etishi mumkin. Yashasin VAR.

90+2 - Goool, yo'q VARga qaralmoqda.

90 - Mark Geyger asosiy vaqtga 6 daqiqa qo'shib berdi.

88 - Zarbaaaa, Toni Krooosning aniq zarbasini yana darvozabon qaytardi.

87 - Zarbaaaa, Xummels kalla qo'ygandi, to'p esa uning elkasidan chiqib ketdi.

84 - Bugun Kroosning zarbalari faqat osmonga ketmoqda.

83 - Roysning uzoq masofadan bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

78 - Son Xyon Minning yaqin burchakka tepgan to'piga salgina aniqlik etishmadi.

77 - Xavfli vaziyattt, Zyule va Xummels sal bo'lmasa to'pni Songa oshirib berishlari mumkin edi. Minni Noyer bilan birga-bir chiqib ketishiga Kimmix yo'l qo'ymadi.

74 - Guruhning ikkinchi o'yinida shvedlar uchinchi golni kiritishdi. Mana endi Germaniya yutsa bo'ldi, guruhdan chiqadi.


CHo Xyun-Vuning boyagi super seyvi.


70 - Kroosning chap oyoqda bergan zarbasi ancha noaniq.

68 - Zarbaa, Kimmixning pasidan keyin Gomez bosh bilan zarba berdi, darvozabon o'z joyida.

65 - Mark Geyger Son Xyon Min penalti ishlash uchun simulyaciya qildi deb Songa sariq kartochka ko'rsatdi. Aslida esa Roys Songa turtilgan edi. Hech bo'lmasa sariq bermaslik kerak edi.

64 - Burchakdan so'ng to'p Vernerga borib tushdi, Timo noaniq zarba berdi.

63 - Leon Gorecka o'rniga Tomas Myuller maydonga tushdi.

61 - Narigi o'yinda Meksika darvozasiga penalti belgilandi va Grankvist uni aniq amalga oshirdi. Hozirgi holatda Germaniya har qanday hisobda g'alaba qozonsa guruhdan chiqadi, Meksika esa pley-offsiz qoladi.

58 - Yoaxim Lyov tayanch yarim himoyachisi o'rniga markaziy hujumchi tushirdi. Gomez Xedirani almashtirdi.

55 - Ku Ja CHol jarohat oldi va majburiy almashtirildi.

50 - Bu orada ikkinchi o'yinda hisob ochildi. Augustinsson shvedlarni hisobda oldinga olib chiqdi.. Hozir shu turishda Germaniya guruhda qolib ketadi.

48 - Zarbaaaaaaaa, Koreya darvozaboni CHo Xyun-Vudan kun seyvi. Kimmixning pasidan so'ng Gorecka to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvozaga kirib ketayotgan to'pni kiper urib yubordi, barakalla. Bo'lim bummm etib boshlandi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Mark Geyger xushtagini chalib birinchi bo'lim yakunlanganini malum qildi.

45+3 - Son Xyon Min bahaybat Nikolas Zyuleni chiroyli tarzda dog'da qoldirdi, lekin uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

45+2 - Ozilning aylanma zarbasini himoyachi qaytardi.

44 - Qizil kartochka sabab bahsni o'tkazib yuborayotgan Jerom Boateng va Germaniya terma jamoasida murabbiylik malakasini oshirayotgan Miroslav Kloze tribunada yonma-yon o'tirishibdi.

43 - Vernerning zarbasi darvoza ustuniga tegdi, lekin undan oldin Xektor raqibga nisbatan qo'pollik ishlatib ulgurgan edi.


Germaniya sobiq kancleri Gerxard SHryoder ham uchrashuvni bevosita "Qozon Arena"dan kuzatib bormoqda.


39 - Zarbaaa, Mats Xummels standartdan so'ng ikkita o'yinchi orasidan o'tdi va yarim metr masofada zarba berdi. koreyalik kiper o'z joyida.

39 - Vernerning zarbasi himoyachiga tegib maydon tashqarisiga ketdi.

37 - Ayni paytga kelib koreyslar darvoza tomon nemislardan ko'proq zarba berishdi - 3:2 zarbalar bo'yicha.


Boya Noyer jarima zarbasidan so'ng xatoga yo'l qo'ygan va ketidan to'pni Sonning oyog'i oldidan urib yuborgan vaziyat.


33 - Roys jarima maydonchasiga kirmasdan zarba berdi, uning zarbasi himoyachiga tegdi, yo'nalishini o'zgartirgan to'pni Xektor Vernerga etkazib berdi. Timo esa o'yindan tashqari holatda qolib ketgan edi.

32 - Koreya darvozaboni CHo Xyun-Vu ketma-ket ikki marta to'pni oldinga tepib berishda omadsiz harakat qildi.

28 - Germaniyaning hujumi va Yung Yong-Sun to'pni boshi bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


Son Xyon Min qulay imkoniyatdan noaniq zarba berdi.


25 - Zarbaaaaa, Son Xyon Min hisobni ochishi mumkin edi. Sonning zarbasiga aniqlik etishmadi. Qitadoshlarimiz kuchli va nomdor raqibdan ancha yaxshiroq o'ynashmoqda hozircha.

23 - Li Jae-Sung Goreckani yiqitgani uchun sariq kartochka bilan siylandi.

22 - Yoaxim Lyov shogirdlari hamon birorta tuzukroq hujum uyushtirishmadi.

19 - Zarbaaaaaa, Jung Vo-Yungning jarimadan tepgan kuchli va aniq zarbasini Noyer ushlab olaman deb qo'lidan chiqarib yubordi. Keyin esa to'pni shundoqqina Son Xyon Minning oyog'i oldidan burchakka urib yubordi. Haa, hozir ko'pchilikning ko'z oldiga David De Xeaning Portugaliya bilan o'yinda yo'l qo'ygan xatosi kelgan bo'lsa ajab emas.

18 - Janubiy Koreya qulay nuqtadan jarima zarbasi tepishadi.

Germaniya guruhdan chiqish uchun bugun 2 yoki undan ko'p to'p farqi bilan g'alaba qozonishi kerak. Qolgan holda nemislarning taqdiri o'z qo'llarida bo'lmaydi. Janubiy Koreya esa pley-offga chiqish uchun amaldagi chempionlarni kamida ikkita to'p farqi bilan engishi va narigi bahsda Meksika shvedlarni mag'lub etishini kutishi kerak bo'ladi. Agar bugun Germaniya bitta to'p farqi bilan yutsa, u holda ularning guruhdan chiqishi narigi o'yinga bog'liq bo'lib qoladi.

11 - Toni Kroosning jarimadan uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

10 - Hozircha hech bir jamoa xavfli vaziyat yaratganicha yo'q.

9 - Jung Vo-Yung Xektorga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun ogohlantirildi.


Janubiy Koreya terma jamoasi 4-4-2 sxemada boshladi uchrashuvni.


Germaniya terma jamoasi mana shunday sxemada o'yinni boshladi -  4-2-3-1.


Bugun Germaniya tarkibida SHveciya bilan bahsda qizil kartochka olgan Jerom Boateng o'ynamaydi, shuningdek Rudida ham jarohat bor. Bundan tashqari, bugun Lyov Myuller va Drakslerni ham zaxirada qoldirgan.

2 - Birinchi hujumni koreyslar uyushtirishdi.

Uchrashuvni nemislar boshlab berishdi.

- Bugun "F" guruhi doirasida Janubiy Koreya va Germaniya terma jamoalari o'zaro bellashadilar.

- Assalom alaykum qadrli futbol ishqibozlari!


Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика