JCH-2018. Daniya va Irlandiya birinchi bahsda durang o'ynashdi
12 noy 2017 02:47
Yangiliklar
JCH-2018. Daniya va Irlandiya birinchi bahsda durang o'ynashdi
JCH-2018 saralashi Evropa mintaqasida Daniya va Irlandiya termasi o'rtasida ikki o'yindan iborat o'tish turnining ilk uchrashuvida g'olib nomi aniq bo'lmadi.
Kopengagendagi “Parken” stadionida o'tgan ilk bellashuvda mezbonlar o'yinda tashabbusni o'z qo'llarida saqlab turgan bo'lsada, yakunda gol urish hech bir jamoaga nasib etmadi. SHu o'rinda irlandiyaliklar posboni Rendolfning o'yindagi harakatlarini alohida takidlash joiz.
Mazkur jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 14 noyabr kuni Irlandiyada bo'lib o'tadi.
JCH-2018
O'tish o'yini.
Birinchi uchrashuv.
Daniya – Irlandiya 0:0 (0:0, 0:0)
Daniya – SHmeyxel, Larsen, Belland, Ankersen, Ker, Dileyni, Eriksen, Kvist, Sisto (Bendtner, 72), Yorgensen, Kornelius (Poulsen, 64).
Irlandiya – Rendolf, Kristi, Daffi, Klark, Uord, Makkleyn, Xendrik (Xurixeyn, 90), O`Doda, Arter (Uelan, 88), Breydi, Merfi (Long, 74).
Fikrlar