So’nggi yangiliklar

02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  7 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  0 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  1 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  0 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  6 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  10 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  15 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  81 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0

JCH-2018. Argentina – Xorvatiya 0:3 Yangiliklar

JCH-2018. Argentina – Xorvatiya 0:3

JCH-2018 "D" guruhidan o'rin olga markaziy uchrashuv Argentina va Xorvatiya terma jamoalari o'rtasidasi bo'lib o'tadi.

JCH-2018. 

«D» guruhi.

Argentina – Xorvatiya

«Stadion Nijniy Novgorod»

Boshhakam: Ravshan Ermatov.

Argentina – Kabalero, Otamendi, Merkado, Talyafiko, Maskerano, Peres, Salvio, Mesa, Akunya, Messi, Aguero.

Xorvatiya –   Subashich, Lovren, Strinich, Vrsalko, Vida, Modrich, Brozovich, Perishich, Rakitich, Rebich, Mandjukich.


Diqqat qiling! Ravshan Ermatov bugungi uchrashuvni boshlashga ruxsat berdi.

UCHRASHUV BOSHLANDI!!!

Tomonlar bellashuvni ehtiyotkorlik bilan boshlashdi....

UHH!!! Xorvatiya terma jamoasining ilk havfli hujumchi gol bilan yakunlanshiga bir bahya qoldi. Villi Kabalero Perishichning erlatib yo'llagan kuchli zarbasini maydon tashqarisiga chiqarib yubordi....

Bellashuvning dastlabki 10 daqiqasi ortda qoldi. orvatiyaliklar hozircha raqibdan yaxshiroq ko'rinishmoqda. Messi va uning jamoadoshlari evropaliklar darvozasi oldida xavfli vaziyat yarata olishgani yo'q.

13-daqiqa. Argentinaiklarning ilk xavfli hujumi. O'ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatib berilgan to'pni xorvatiyaliklar bartaraf etishdi. 

Argentinalik muxlislar....

Xorvatiya terma jamoasi muxlisasi....

Uchrashuvga qaytamiz. Maydon markazida Rakitichga nisbatan qo'pollik ishlatildi va "Barselona" futbolchisiga o'rnidan turishiga yordam berib yubordi... Uchrashuv mayda follarga boy bo'layapti. Bir vaziyatda Maskerano va Messi "sinxron" tarzda Ravshan Ermatovga etiroz bildirishdi. Hakamimiz xotirjam tarzda ularning "og'zini yopdi".

22-daqiqa. Markus  Akunyaning chap qanotdan havolatib xorvatiyaliklar jarima maydonchasiga uzatib bergan to'pi kutilmaganda to'sin bilan "ko'rishib" maydonga qaytdi...

31-daqiqa. Xorvatiyalik himoyachilar qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi. Peres deyarli bo'sh qolgan darvozani aniq nishonga ola bilmadi. Messi jamoadoshlari hisobni ochish uchun qulay imkoniyatga ega bo'lishgan edi.

33-daqiqa. O'ng qanotdan Argentina jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni Manjukich yaqin masofadan darvozaga yo'llashga urindi. Ammo to'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi... 

Ha, uchrashuv rostan keskin kurashlarga boy bo'layapti. Futbolchilar umuman o'zlariniyam, raqibniyam ayab o'tirishayotgani yo'q. Ravshan Ermatov esa xotirjamlik bilan o'yinni boshqarib bormoqda... Hozircha...

Darvoqe, Argentina afsonasi Diego Maradona doimgidek bugungi uchrashuvni stadiondan tomosha qilayapti. Emociya bilan... 

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI! HISOB OCHILGANI YO'Q 0:0

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

52-daqiqa. Serxio Aguero ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi va chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi. Ammo xorvatiyalik posbon to'pni egallab oldi...

GOOOOOLLLL!!!!! Kablero nimalar qilayapsan.......... Rebich ajoyib zarbasi bilan Kabaleroning "sovg'a"sini erga tushirmasdan darvozana aniq yo'lladi -0:1.

64-daqiqa. Subashich argentinaliklarning ketma-ket darvoza yo'llagan zarbalarini bartaraf etdi. Qoyil!

66-daqiqa. Xorvatlarning javob hujumi. Mandjukich hisobni oshirishiga bir bahya qoldi. Uning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi darvoza to'riga orqa tarafdan borib tushdi...

Argentina terma jamoasi tashabbusni o'zi qo'liga olib kema-ket hujumlar uyushtirmoqda. Xorvatiya esa qarshi hujumni poylamoqda...

GOOOOOOLLLLL!!!! Luka Modrichdan super-muper gol! Yorvordi bola! 2:0


86-daqiqa. Rakitichning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza to'siniga bilan "ko'rishib" qaytdi. Bravo, Ivan!

Uchrashuvga to'rt daqiqa qo'shib berildi...

GOOOOLLLL!!!!!! Ivan Rakitich-3:0. Xorvatlar "xo'rlashdi". Uzr, Messi. Eh, Argentina!

Reyting: +76   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика