So’nggi yangiliklar

15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0

JCH-1998 g'oliblari xayriya uchrashuvida ishtirok etishdi (foto) Yangiliklar

JCH-1998 g'oliblari xayriya uchrashuvida ishtirok etishdi (foto)

1998 yilda bo'lib o'tgan jahon chempionatida g'olib bo'lgan Franciya terma jamoasining etti futbolchisi xayriya uchrashuvi uchun yana jamlanishdi.

Zinedin Zidan boshchiligidagi yulduzli jamoa "Stade Toulousian" arenasida birinchi bo'lim futbol, ikkinchisi regbi bo'lgan bahsda ishtirok etdi.

Futbolchilar birinchi bo'limda 6:2 hisobida g'alabaga erishishdi, ikkinchi bo'lim esa 15:15 hisobi bilan yakunlandi.


Zinedin Zidan boshchiligidagi JCH-1998 g'oliblari xayriya uchrashuvida qatnashishdi



Futbolchilar ikkinchi bo'limda regbi o'ynashga ham ulgurishdi



Futbol bahsi 6:2 hisobida, regbi bo'limi esa 15:15 hisobida yakun topdi


Franciyalik mutaxassis Zinedin Zidan o'z vatanida bor-yo'g'i 18 soat bo'ldi. Keyin u "Real" safiga qaytib ketdi.

Ayni damda murabbiy "Real" uchun mavsumoldi yig'in o'tkazish bilan band. "Qirollik klubi" kecha Teo Ernandes bilan shartnoma tuzdi, yarim himoyachi Xames Rodriges esa ikki yil ijara asosida "Bavariya" sharafini himoya qiladi.

Zidan Madrid jamoasi tarkibiga tez qaytganining sababi - jamoa AQSHda bo'lib o'tadigan turnega jo'nab ketishi kerak edi.





Mashhur sobiq darvozabon Faben Bartez ham xayriya bahsida ishtirok etdi


Futbolchilar tarkibida Dide Desham, Biksent Lizarazu, Faben Bartez kabi jahon chempionlari to'p tepdi.

Uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga deyarli 20 000 muxlis tashrif buyurdi.

"Umid uchun tabassum" xayriya fondiga 310 000 ming funt ushbu bahsdan yig'ildi. Fondni "Marsel" sobiq darvozaboni Paskal Olmeta boshqaradi.



Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham pas berish uchun jamoadoshini izlamoqda



Biksent Lizarazu va boshqa futbolchilar tufayli fondga 300 000 funtdan ortiq mablag' xayriya qilindi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика