Jazoir JCH-2022 saralashidagi o'yinni qayta o'tkazishni so'ramoqda
01 apr 2022 09:27
Yangiliklar


Jazoir JCH-2022 saralashidagi o'yinni qayta o'tkazishni so'ramoqda
Jazoir JCH-2022 saralashi doirasida bo'lib o'tgan Kamerunga qarshi pley-off o'yinini qayta o'tkazishni so'rab, FIFAga murojaat qildi.
O'yin qo'shimcha vaqtda 2:1 hisobida kamerunliklarning g'alabasi bilan yakunlangandi.
"Jazoir futbol federaciyasi Jazoir - Kamerun pley-off javob o'yinidagi hakamlik bo'yicha FIFAga apellyaciya berdi. JFF o'z huquqidan foydalangan holda, o'yinni halol va hakamlik halal bermagan tartibda qayta o'tkazishni so'raydi. JFF shuningdek FIFAdan Jazoir - Kamerun o'yinidagi hakamlik bo'yicha tekshiruv olib borishni ham so'raydi", - deyiladi Jazoir futbol federaciyasi bayonotida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar