So’nggi yangiliklar

21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  1 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  19 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0

Javohir Rasulov: “SHerzod Hakimov o'z ishining ustasi” Yangiliklar

Javohir Rasulov: “SHerzod Hakimov o'z ishining ustasi”

Oliy liga 25-tur doirasidagi “Neftchi” – “Paxtakor” (1:0) bahsidan keyin farg'onaliklar futbolchisi Javohir Rasulov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
-  Kutilganidek og'ir o'yin bo'ldi. Mana shunday qiyin bahs kechishini bilardik. SHu sababli o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik va mexnatlarimiz o'z samarasini berdi. Ko'pchilik futbolchilarda kichik jarohatlar bo'lishiga qaramay, hamma bor kuchi bilan harakat qildi. To'g'risi, oxirgi bahslarda kichik jarohat bilan harakatlanyapman. Baribir jarohatlar futbolchining o'yiniga o'z tasirini ko'rsatadi. Xudo xoxlasa, o'yindan o'yinga o'z saviyamni yanada oshirib, murabbiylar va muxlislar ishonchini oqlayman.

-  Toshkent jamoasi haqida qanday fikrdasiz?
-  Raqib haqida ijobiy fikrlar aytish o'tish mumkin. “Paxtakor” ikkinchi davrada yanada kuchaygan. “SHerlar” o'z maydonida “Lokomotiv”dek jamoani mag'lub etishgani fikrimga tasdiq bo'la oladi. Toshkentliklar safida Jaloliddin Masharipov hamda Jasur Hakimovlar yaxshi o'yin namoyish etishdi.  

-  Neftchi futbolchisi SHerzod Hakimov so'nggi o'yinlarda ketma-ket gollar urmoqda. Hakimov bugun ham maydonni golsiz tark etmadi...
-  Men SHerzod Hakimovni haqiqiy professional sportchi deb bilaman. Hakimov bugun ham jamoa uchun yana bir muhim to'pga egalik qildi. To'g'risi tajriba va mahorat yashil maydonda o'z so'zini baribir aytadi, - dedi Javohir Rasulov.

 
“Neftchi” matbuot xizmati
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика