So’nggi yangiliklar

17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  0 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  2 17:20ПРО-Лига. "Қўқон-1912" - "Машъал" (Онлайн натижа)  2 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  4 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   11 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  3 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  2 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  5 12:22Майну Англиянинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади, Кейн — таркибда  0 11:54Терма жамоага чақирилган легионерлар: ўтган бир ойни ким қандай ўтказди?  15

Javohir Rasulov: “O'zimga qolsa “Neftchi”da qolib jamoaga yordam beraradim. Lekin...” Yangiliklar

Javohir Rasulov: “O'zimga qolsa “Neftchi”da qolib jamoaga yordam beraradim. Lekin...”

Xabaringiz bor, bu yil “Neftchi” jamoasida etiborga molik o'zgarishlar yuz bermoqda.

Yangi murabbiylar shtabi tarkibni kuchaytirish maqsadida Superligada o'ynab kelayotgan futbolchilarni taklif etmoqda. O'tgan yili jamoa safida xarakat qilgan ko'plab yigitlarga esa javob berib yuborildi. “Neftchi” sharafini uzoq yillardan buyon himoya qilib kelayotgan Javohir Rasulov ham endilikda o'ziga yangi jamoa topadigan bo'ldi. Muxlislarga yaxshi malumki, Rasulov farg'onaliklarni qaysi murabbiy boshqarmasin doimo asosiy tarkibda xarakat qilib kelardi. Ammo u endi Ilhom Mo'minjonovning qarashlariga mos tushmadi. Xo'sh, Javohirning endigi rejalari qanday? Oldida qanday yo'l turganligini bilish maqsadida futbolchining o'zi bilan suhbatlashdik.

- Javohir, suhbatimizni ortda qolgan mavsumdan boshlasak. 2020 yilda Neftchi Superligaga qaytishiga deyarli bir qadam qolganida, voqealar rivoji umuman aksincha tus oldi. Buni qanday izohlagan bo'lardingiz?
- Ortda qolgan mavsum biz uchun juda ham alamli tarzda yakunlandi. Hozir bo'lib o'tgan ishlarni o'ylab, tahlil qilib, o'zimga kelishim qiyin bo'lyapti. 2020 yilgi chempionatni ko'tarinki ruhda boshlagandik. Deyarli chempionat oxiriga qadar karvonboshchilikni hech bir jamoaga bermasdan keldik. Biz futbolchlar ham “Neftchi”ning ashaddiy muxlislari qatori Superligaga qaytarishni juda istagandik. Biroq qaysidir o'yinda omadimiz chopmadi. Yana ayrim uchrashuvlarda o'zimizning yo'l qo'ygan xatolarimiz evaziga qimmatli ochkolarni yo'qotdik. Safarda “Dinamo” va “Turon”ni mag'lub etib qaytganimiz ham keyinchalik o'z uyimizdagi bahsda zararimizga ishladi. Kuchimizga ortiqcha ishonib, o'zimizni bo'shashtirib yubordik shekilli. Endi yo'l qo'ygan xatolarni kelgusida takrorlamasdan, undan to'g'ri xulosa chiqarib olish muhimdir.

- O'z vaqtida Superligada barqaror o'yin namoyish etib, O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga muntazam ravishda chaqiruv olgansiz. Lekin keyinchalik faoliyatingizda keskin pasayish bo'lganini ko'ryapmiz. Bunga sabab nima?
- Bunga ko'proq jaroxat o'z tasirini o'tkazdi deb o'yleman. 2017 yilgi mavsumning ikkinchi qismida “So'g'yodina”ga qarshi bahsda jaroxatga yo'liqdim. O'sha paytda bunga ahamiyat bermasdan, o'yinni davom ettirdim. Keyinchalik oyog'imdagi jaroxat jiddiy bo'lib chiqdi. Yodingizda bo'lsa, “Neftchi”ni o'sha davrda Vadim Abramov boshqarardi. Xullas, tajribali shifokorlarning tavsiyasiga binoan, oyog'imni Rossiya davlatining Moskva shahrida operaciya qildirib qaytdim. SHundan so'ng deyarli bir yil maydon tashqarisida qolib ketdim. 2018 yilni tiaklanish bilan o'tkzdim. U paytlarda jamoadaoshlarim va muxlislar meni qo'llab-quvvatlab turdi. Qolaversa jamoamiz shifokrlari Muhiddin aka Mirzaev va Ruslan Isxaqov ham mendan xabar olib turishdi. Buning uchun og'ir kunlarimda meni qo'llab-quvvatlagan insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Oyog'imdagi jaroxat butkul tuzalib, safga qaytganimdan keyin Superliga va PRO-Liga klublaridan takliflar bo'ldi. Lekin o'sha paytda “Neftchi”da qolib, qadrdon jamoamni kuchlilar safiga qaytishida yordam berishga qaror qilgandim. CHunki men uchun qadrli bo'lgan klubni qiyin vaziyatda tashlab ketgim kelmagandi.



- Bu yil “Neftchi”da etiborga molik o'zgarishlar yuz bermoqda. Bungacha jamoa sharafini himoya qilganlarning ko'pchiligi bilan xayrlashildi. Ularning orasida siz ham borsiz. Neftchidan ketish o'zingizni qaroringizmi yoki murabbiynimi?
- “Neftchi”da bo'layotgan o'zgarishlarni ko'rib ochig'i odamni quvongisi keladi. Ketma-ket ikki yil Superligaga chiqa olmagan jamoada bunday o'zgarishlar bo'lishini tabiiy xol sifatida qabul qildim. “Neftchi”dek shonli tarixga ega klubga PRO-Ligada yurish yarashmaydi. Qadrdon jamoamdan ketish bosh murabbiyning qarori bo'ldi. Balki uning qarashlariga to'g'ri kelmagandirman.. O'zimga qolsa yana “Neftchi”da qolib, jamoaga astoydil yordam berish orqali Superligaga qaytishida o'z hissamni qo'shgan bo'lardim. Ochig'ini aytganda, menku mayli. Lekin jamoaning sodiq futbolchisi, uzoq yillik sardori Mansur Saidov yangi murabbyilar shtabining rejalaridan o'rin olmasdan, chetda qoliib ketdi. Bunday jonkuyar va sadoqatli, maydonda jonini berib o'ynaydigan futbolchini Superligadan xam qidirib topish qiyin.

- Jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan bo'lsada, Sizni hech bir klub yig'inida ko'rmayapmiz. Keyingi rejalaringiz nimalardan iborat?
- Yashirmayman hozircha hech bir klubdan chorlov bo'lgani yo'q. SHuning uchun o'zim yakka tartibda shug'ullanib turibman. O'tgan mavsum yakuniga etganidan keyin Superligadan 2ta, PRO-Ligadan yana 2ta jamoadan taklif bo'lgandi. Lekin o'sha payt u jamoalarga “Neftchi” qolaman va qachonki jamoa Superligaga chiqsa keyin xotirjam muhitni o'zgartirish xaqida o'ylab ko'rishimni aytib, rad etgandim. O'tgan mavsum boshida ham menga “Mashal” va “Turon” jamoalaridan jiddiy qiziqish bo'lgandi. Xatto moliyaviy tomondan anchagina qulay sharoitlarni taklif qilishgandi. Fursatdan foydalanib, ushbu jamoalarga taklif uchun minnatdorchilik bildiraman va 2021 yil Superligadagi ishtirokiga omad tilab qolaman.

- Superliganing ko'plab jamoalari o'zining yosh futbolchilariga asosiy tarkibdan imkoniyat berib, ishonch bildira boshladi. Nima deb o'ylaysiz, o'zingizni Superligada yana avvalgidek barqaror o'ynab ketishingizga qanchalik ishonasiz?
- To'g'ri, Superligani ko'p jamoalari o'zining yosh futbolchilariga imkoniyat berayotgani rost. Lekin biz ham o'z vaqtida “Neftchi”da Murod Ismoilov qo'li ostida o'ynaganimizda shunaqa yoshda edik. Bu murabbiy ham bizga qo'rqmasdan imkon berardi va biz 5-o'rinni egallagandik. O'sha yili tarkibda tajribali Mansur Saidov va Akmal Xolmatov o'rin olgan. Bu o'yinchilar o'sha paytda jamoamizga ko'p mexnati singgan. Haqiqiy etakchilari bo'lgan. Jamoamiz ustozi Murod Ismoilov ko'p bor takidlardiki, futbolchi o'z ustida ishlashni to'xtatib qo'ymasdan, ovqatlanish tartibiga amal qilib, gazli ichimliklar ichmasdan yursa, ko'p yillar davomida barqaror va jaroxatlarsiz futbol o'ynash mumkin deb. Superligada o'ynashga bemalol kuch-g'ayratim etadi deb o'ylayman. PRO-Liga va Superliga o'rtasidagi farq u qadar katta emas nazarimda. Oxirgi yillarda PRO-Liga saviyasi ham ancha ko'tarildi.

- “Neftchi” muxlislariga nima degan bo'lardingiz?
- Ishqibozlardan iltimos qilardimki, “Neftchi” jamoasini har qanday taqdirda ham oxirigacha qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolaman. “Turon”ga qarshi o'yinda keyin chetlatilgan 5 nafar futbolchilarga ruhan dalda berib turishlarini va oxirigacha ular bilan ham birga bo'lishlarini xohlayman. Diskvalifikaciyaga uchragan futbolchilar hozir juda qiyin davrni boshidan o'tkazmoqda. Doston Toshmatov va Jamshid To'raqulov akciyasida ashaddiy muxlislarimizni faol ishtirok etishlarini so'rayman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика