Javohir Qahramonov: "Jarima zarbasidan urilgan gol o'z-o'zidan kelgani yo'q"
21 avg 2021 17:00
Yangiliklar


Javohir Qahramonov: "Jarima zarbasidan urilgan gol o'z-o'zidan kelgani yo'q"
G'alaba keltirgan golga jamoaning yarim himoyachisi Javohir Qahramonov mualliflik qildi. U so'nggi daqiqalarda belgilangan jarima zarbasini aniq ijrot etib Abdumavlon Abdujalilov darvozasini ishg'ol qildi. Biz esa o'yin qahramonining fikrlarini tingladik.
"Turon"dan uchralgan mag'lubiyat qattiq tasir qilgani uchun bizga g'alaba juda zarur edi. Maydonda hamma borini berdi. "Lokomotiv" yaxshi shakllangan jamoa. Ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman.
Oxirgi daqiqalarda urgan golimga kelsak, bu o'z-o'zidan kelgani yo'q. Bilasiz mashg'ulotlarda har bir jihat ustida ishlanadi. Tavakkal berilgan zarba, demagan bo'lardim. Oldindan o'ylangan va ishlangan.
CHorak finaldagi raqibimiz "Nasaf" jamoasi. Lekin ungacha Superligada muhim o'yinlarimiz bor",- deydi Javohir Qahramonov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar