So’nggi yangiliklar

07:15МЛС. «Интер Майами» «Нью-Йорк Ред Буллс»ни «сочиб ташлади». Суаресдан хет-трик  0 06:55Серия А. "Сассуоло" - "Интер" 1:0   0 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Веҳда" 6:0   0 06:45ЛаЛига. "Мальорка" - "Атлетико Мадрид" 0:1   0 06:40ЛаЛига. "Жирона" - "Барселона" 4:2   0 06:35ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 06:30АПЛ. "Манчестер Сити" - "Вулверхэмптон" 5:1   0 06:25АПЛ. "Арсенал" - "Борнмут" 3:0   0 06:20Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 06:15Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  5 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  1 01:00Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида йирик ғалабага эришди, Роналдудан хет-трик! Рақиб сафида Ал Бухорий ўйнади  9 00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  6 00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  10

Javohir Ilyosov nega "Lokomotiv"dan ketgan edi? Yangiliklar

Javohir Ilyosov nega "Lokomotiv"dan ketgan edi?

"Qizilqum" matbuot xizmati jamoa posboni Javohir Ilyosov bilan shartnoma uzaytirilganini elon qildi.

SHundan keyin 28 yoshli futbolchi bilan bog'lanib, o'zimizni qiziqtirgan bazi savollarga javob oldik.

— Ayni paytda Superligada o'ynayotgan ko'plab golkiperlar "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Siz ham katta futbolga ular qatorida kirib kelgansiz. Aytingchi, Muborakda darvozabonlarni tayyorlashning qanaqadir siri bormi?

—  Buni 2ta omil bilan izohlash mumkin. Birinchidan, biz akademiyada o'qigan paytda o'z ishining haqiqiy ustalaridan saboq olar edik. Ikkinchidan, jamoa selekciyasi judayam kuchli edi. SHaxsan meni ham 2-liganing bir o'yinida ko'rib qolib, Muborakka olib ketishgan. SHu jihatlar yo'lga qo'yilsa, hech qaysi akademiya oqsamasa kerak.

— "Lokomotiv"da asosiy posbon edingiz. 2022 yilning boshida "Qizilqum"ga ko'chib o'tishingiz qanday sodir bo'ldi?

— "Temiryo'lchilar" safidagi 3 yil yaxshi o'tdi. Noliydigan jihatlar yo'q. Menga o'z vaqtida ishongani uchun mazkur klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. O'tgan yil kelajagim haqida o'ylab ko'rar ekanman, bir joyda turib qolganimni sezdim. Nimanidir o'zgartirish kerak edi. SHu tufayli yangi variantlarni o'rganib chiqdik. "Qizilqum"ga o'tishim esa jamoa oldiga yuqori maqsad qo'yilganii va yaqin akalarim, do'stlarim (T. Abduxoliqov, O. Zoteev, B. Yo'ldoshev, SH. Muhammadiev, S. SHoahmedov) Navoiyga yo'l olayotgani tufayli sodir bo'ldi.

— CHempionatda 5-o'rin qo'lga kiritildi. Jamoa natijadan qoniqdimi?

— Biroz yuqoriroqqa ko'tarilsak ham bo'lardi. Lekin taqdirimizga shunaqa yozilgan ekan. Yangilangan tarkib bilan 5-o'rin ham yomon natija bo'lmasa kerak. 

— Nesterov bilan raqobat haqida nima deysiz?

— Bu konkurenciya men uchun judayam foydali bo'ladi. CHunki Ignatiy Nesterovdan ko'p narsa olsa bo'ladi. Biroz zaxirada qolib ketganimni hisobga olmasa, katta tajriba oldim.

— Mavsum tugaganidan keyin "Metallurg"dan qiziqish bo'ldi. Nega Bekobodga qaytishni xohlamadingiz?

— To'g'ri, qiziqish bo'ldi, lekin jiddiy taklif bilan chiqishmadi. "Qizilqum"da qolishni o'zim ko'proq xohladim. Har yili jamoa almashtirish ham yaxshi emas. Hozir ishlayapmiz, tayyorgarlik ko'ryapmiz. Xudo xohlasa, 2023 yil yaxshiroq bo'ladi.

— "Qizilqum"da smeta qisqargani aytilyapti. Sizning maoshingiz ham o'tgan yilga nisbatan kamaydimi?

— To'g'risi, smeta haqida bilmayman. Hamma har xil gapiryapti. Lekin men unaqa mavzularga aralashmayman. Biz rahbariyat bilan kelishdik. O'zim tomondan aytadigan bo'lsam, 2023 yilda pulni birinchi o'ringa qo'ymoqchi emasman. Avvalo, ko'proq o'ynab, avvalgi formamni tiklashni istayapman. SHu sababli moliyaviy jihat bu yil 2-o'ringa tushib qoldi.

— Asror Aliqulov futbolchilarni rejalari bilan tanishtirdimi? Yangi mavsumda jamoa oldiga qanday maqsad qo'yiladi?

— Asror aka bilan oldin ishlamagan edim. Lekin futbolchi sifatida har doim kuzatganman. Kuchli himoyachi edilar. Murabbiy sifatida ham nimalarga qodir ekanliklarini hammaga isbotlashlariga ishonaman. Menimcha, mavsum startigacha yaxshi jamoa shakllansa kerak.

Faxriddin Ro'ziev suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика