So’nggi yangiliklar

12:00Championat.Asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг октябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  0 11:32Левандовски қишда "Барса"дан кетишни режалаштирмаяпти. Унинг 2026 йилнинг ёзида эркин агент бўлиб кетиш эҳтимоли юқори  2 10:41Италиянинг Молдова ва Норвегияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 10:12Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  7 09:49"Пахтакор" афсонаси, собиқ футболчиси Тўлаган Исоқов вафот этди  9 09:43А Сериянинг октябрь ойидаги энг яхши футболчиси ва мураббийи маълум қилинди  0 09:14ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:45Португалия терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  3 08:29Суперлига. ОКМК – "Навбаҳор" 3:1   0 08:16Sofascore. Туркияда тўпурарга айланиб олган Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди?  10 07:47U-17 ЖЧ. Осиё жамоаларидан ҳар хил натижалар. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:15U-17 ЖЧ. Ўсмирларимиз бугун Ирландияга қарши баҳс олиб боради  11 00:50Арне Слот: "Барқарор ўйин кўрсатаётганимизда ҳам мағлуб бўлдик"  0 00:31Саудия Арабистони. Дубль, иккита қизил, иккита автогол: "Ал Ҳилол"дан иродали ғалаба  3 00:15Лапорта "Камп Ноу" ҳақида: "Бу биздан кейинги авлод учун мерос"  0

Javohir Esonqulov: "Gana va "Aberdin"ga qarshi o'yinlar unutilmas bo'ldi" Yangiliklar

Javohir Esonqulov: "Gana va "Aberdin"ga qarshi o'yinlar unutilmas bo'ldi"

Aslida "Bunyodkor" klubiga tegishli bo'lgan Javohir Esonqulov 2016 yilgi mavsumni Bekobodning "Metallurg" klubida ijarada o'tkazdi.

Oliy ligadagi o'yinlari orqali futbolchi O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga jalb qilindi. Yangi mavsumga tayyorgarlikni Esonqulov O'zbekiston vice-chempioni safida olib bormoqda. Futbolchi "Bunyodkor"ning Dubaydagi yig'inida ishtirok etib ikkita gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. Biz Dubay yig'ini yakunlangach Javohir Esonqulov bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig'indan qanday taassurotlar qoldi?

- Barchasi ajoyib o'tdi. Sababi men Doston Hamdamov, Eldor SHomurodov, Javlon Ibrohimov kabi mahoratli futbolchilar bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etdim. Ulardan mashg'ulotlar va o'yinlar vaqtida ko'p narsa o'rganish mumkin. Dubaydagi mashg'ulotlar yaxshi o'tdi. Ajoyib mehmonxonada istiqomat qildik, maydonlar ham qoyilmaqom darajada edi.


- Birinchi bahs "Al SHaab"ga qarshi o'tdi. 2:1 hisobida g'olib bo'ldinglar. O'sha bahs haqida nima deya olasiz?
- Biz BAAga uchib kelganimizdan so'ng ertasi kuni tongda mashg'ulot o'tkazdik va kechki payt o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. Iqlimga ko'nikish bizga qiyinchilik tug'dirdi, biroq shunga qaramay mahalliy klubni mag'lub etdik.

- O'ylashimcha yig'in davomidagi eng esda qolarli o'yinlardan biri Ganaga qarshi o'tdi...

- Gana terma jamoasi to'rt karra Afrika chempioni hisoblanadi. SHunga qaramay ularga qarshi munosib qarshilik ko'rsatdik. Bunday darajadagi jamoaga qarshi ilk bor o'ynadim. Yutqazgan bo'lsak ham bu biz uchun o'ziga xos tajriba maktabi bo'ldi. O'z ustimizda yanada ko'proq ishlashimiz kerakligi ko'rindi.

- Keyingi bahs Xitoy klubiga qarshi o'tdi. Siz zaxiradan maydonga tushdingiz.

- Ha to'g'ri. Sababi dastlabki ikki uchrashuvda o'zimning yaxshi tomonlarimni ko'rsata olmaganim uchun murabbiylar meni zaxirada qoldirishdi. SHaxsiy fikrim, ular to'g'ri qaror qabul qilishgandi.


- Keyin "Al Faysali" va "Aberdin" bilan bahslarda Javohir Esonqulov gollar urdi.
- Yuqorida aytdimku. Meni murabbiylar zaxirada qoldirib to'g'ri qilishgandi. Menda o'ylab olish va o'zimga kelib olish uchun vaqt bo'ldi. Barchasini o'yladim va o'zimning eng yaxshi sifatlarimni ko'rsata oldim.

- SHotlandiyaning "Aberdin" klubi qanday o'ynadi? VIDEO

- Ular juda yaxshi o'yin namoyish etishdi. Raqib bizdan bo'y va jismoniy tomonlama ustunlik qilishdi. Bizning futbolchilarning ko'pi kichkina bo'lsa ham ularga qarshi yaxshi o'ynadik. To'pni havoda emas, pastlab harakatlantirdik. Biroq yakunda baribir tajriba o'z so'zini aytdi va "Aberdin" g'alaba qozondi.

- Yig'in davomidagi oxirgi bahs "Al Raid"ga qarshi o'tdi. Bu uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- Biz to'p bilan kam mashug'lot o'tkazdik. Har ikki kunda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. Jismoniy yuklamalar bilan o'yinlar o'tkazish og'ir bo'ldi. Raqib birinchi bo'limda erkin o'ynadi. Tanaffusdan keyin biz o'zimizga kelib oldik hamda ularga qarshi qaysi mamlakatdan, qanday jamoa o'ynayotganni ko'rsatdik.

- Sergey Lushan sizni qaysi joyda o'ynatmoqda?

- Murabbiy hozircha meni ko'p chiziqlarda sinab ko'rmoqda. Jamoaga qaysi joyda ko'proq foydam tegishi mumkinligini izlamoqda. O'rtoqlik uchrashuvlarida asosan o'ng qanot yarim himoyasida harakat qildim. Oxirgi ikki bahsda markaziy hujumchi vazifasini bajardim.


- Yig'inda Vadim CHemirtan, Aleksandar Ignatovich va Dushan Michich kabi legionerlar ham ishtirok etishdi. Bu o'yinchilar haqida nima deya olasiz?
- Ular legioner sifatida o'zlarini yaxshi tomonlama ko'rsatishdi. Uchala futbolchi ham haqiqiy professional ekanini ko'rsatdi. Umuman olganda ular yaxshi futbolchi va yaxshi inson.

- Bu yilgi mavsumni "Bunyodkor"da boshlashingizga nechchi foiz ishonasiz?

- To'g'risi bu borada hech nima deya olmayman. Barchasini murabbiylar hal qilishadi. Men esa ularning har qanday qarorini hurmat qilaman.

- Nima deb o'ylaysiz hozirgi "Bunyodkor"ning etakchisi kim?

- Qiyin savol. Jamoaning etakchisi butun jamoa, sababi futbol jamoaviy sport turi.

- Dubayda mashg'ulotlar va o'yinlardan bo'sh vaqtda nimalar bilan shug'ullandinglar?

- Bo'sh vaqtimiz juda kam bo'ldi. Barcha yigitlar bilan birga yaqinlarimizga esdalik sovg'alarini olish uchun do'konlarni aylandik.

- So'nggi savol, "Bunyodkor" klubi haqida qanday fikrdasiz?

- Juda yaxshi va professional klub. Bu erda ko'pchilik O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi hisoblanadi. Ulardan o'zim bilmagan narsalarni o'rganib olish va tajriba to'plash mumkin.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика