So’nggi yangiliklar

00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:10Клублар ўртасидиг ЖЧ. "Флуминенсе" ва "Челси" финал йўлида тўқнаш келишмоқда (онлайн ҳисоб)  4 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  2 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  2 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1

Javobsiz sodiqlik: Keyn "Tottenxem"dan ketishi kerak (mutolaa uchun) Yangiliklar

Javobsiz sodiqlik: Keyn "Tottenxem"dan ketishi kerak (mutolaa uchun)

"SHporlar"ning eng yaxshi to'purarida sovrinlarga borish uchun so'nggi imkoniyat bo'ladi.

Xarri Keyn butun faoliyatini "Tottenxem"da o'tkazmoqda. "SHporlar" o'z tarbiyalanuvchisini yosh paytlarida "Leyton Orient", "Miluoll", "Norvich" va "Lester"ga ijaraga berishdi, ammo London klubi uning uchun doimo asosiysi bo'lgan. Keyn 2014 yildan beri muntazam ravishda "Tottenxem"ning asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, u bir necha kundan so'ng Jimmi Grivzning rekordini yangilaydi va klub tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanadi.

Angliyalikning "shporlar"ga bo'lgan sadoqati kishida taassurot qoldiradi. U 2014/15 yilgi mavsumdan beri Premer-ligada har yili 17tadan kam gol urmaydi. Joriy mavsum hali yakunidan yiroq, uning hisobida esa 16ta to'p bor. Keyn jamoaga yordam berish uchun barchasini qilmoqda: gol urmoqda, assist qayd etmoqda va mudofaada harakat qilmoqda. Ammo, uning hisobida o'z jonajon klubi tarkibida birorta sovrin yo'q. Futbolchi "Tottenxem" bilan birga faqatgina CHempionlar ligasidagi o'rin uchun muntazam kurashadi.



Keynda o'z klubida qolish uchun motivaciya kamayib bormoqda. U joriy mavsumdayoq eng yaxshi to'purar bo'lgan holda, "shporlar" tarixiga kiradi. Bu o'yinchi uchun ham, klub uchun ham tarixiy vaziyat bo'ladi. Ammo, rekordlar ertami-kechmi yangilanadi, sovrinlar esa futbolchilar bilan umrbod qoladi. Xarri bu bilan maqtana olmaydi. "Tottenxem" joriy mavsumda ham APLda faqatgina top-4dagi joy uchun kurashmoqda xolos, balki Angliya kubogi uchun ham. Londonliklar CHL pley-offiga chiqishdi, ammo ularning u erdagi yo'li uzoq bo'lishi qiyin masala.

Keyn allaqachon bir necha bor klubdan ketishi mumkin edi. Maurisio Pochettino bilan xayrlashish alamli bo'ldi, ammo uning o'rniga Joze Mourinyu keldi. Portugaliyalik – tug'ma g'olib va dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan. Uning kelishi jamoaga yangi hayot berdi. "SHporlar" hattoki bir qancha vaqt APLda etakchilik ham qilishdi. Londonliklar ancha vaqtdan beri ilk bor Liga kubogi finaliga chiqishganida, sovrin ham yutishlari mumkin edi. Turnirning obro'si baland emas, ammo g'alabali yo'lga ko'tarilish uchun nimadandir boshlash kerak.

Deyarli boshlanmagan yo'l yakunlandi ham. "Tottenxem" mavsum so'nggiga qadar ishlashga imkon bermagan holda, Mourinyuni istefoga chiqardi. Albatta, "shporlar" Liga kubogi finalini boy berishdi. Keyn shundan so'ng London klubidan ketishga yaqin edi. Bunday darajadagi hujumchining "Tottenxem" chiqqan Konferenciyalar ligasida qiladigan ishi yo'q edi. Xarri 2021 yilning yozida "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin edi. "SHaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola ochiqchasiga forvardga bo'lgan qiziqishni tasdiqladi. Ammo, "shporlar" prezidenti Daniel Levi futbolchi uchun shunchalik katta pul so'radiki, hatto Angliya chempionlari ham bu transferni amalga oshira olishmadi.



Keyn transfer barbod bo'lganidan xafa bo'ldi va uzoq vaqt klub ixtiyorida ko'rinish bermadi. Mourinyudan so'ng "Tottenxem"ni uning vatandoshi Nunu Eshpiritu Santu egalladi. "SHporlar" uning qo'l ostida yanada past sho'ng'ishdi – o'yin bo'yicha ham, natija bo'yicha ham. Nunu London klubida atigi 3 oy bo'ldi, Keynning ketishi esa muqarrar bo'la boshladi. Ammo, portugallardan so'ng "Tottenxem"ni kutilmaganda Antonio Konte qabul qilib oldi. Italiyalik odatda jamoani mavsum o'rtasida qabul qilib olmaydi va transfer bozorida pul tejashga ko'nikmagan, "shporlar" esa isrofgarchilik bilan mashhur emaslar.

Keyn London klubiga yana bir taniqli mutaxassis kelganidan ruhlandi. Futbolchi yangi murabbiy va uning o'yinchilarga qo'yayotgan yuqori standartlari haqida juda yuqori gapirdi. Konte "Tottenxem" uchun deyarli umidsiz bo'lgan mavsumni qutqardi va "shporlar" APLni top-4da yakunlashdi. Ha, bunga Evropa ligasiga yo'l olgan "Arsenal" ham yordam berdi. Joriy mavsum ham londonliklar uchun yomon boshlanmadi, ammo jahon chempionatidagi tanaffusdan so'ng jamoaning natijalari yomonlashdi. Italyan ham u qadar optimistik emas.



"Tottenxem" navbatdagi inqiroz tomon bormoqda. Jamoa CHempionlar ligasisiz qolishi mumkin, uning eng yaxshi to'purari yana ketishga yaqin, murabbiy esa ochiqchasiga o'yinchilardan va klubning tarkibni kuchaytirish bo'yicha harakatlaridan noroziligini bildirmoqda. Kontening londonliklar bilan shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. OAV ko'proq "shporlar"ning mutaxassisga yangi kelishuv taklif etmasligi haqida yozmoqda. Hatto "Tottenxem"ning Pochettinoni qaytarishni xohlayotgani haqida ham gaplar bor, ammo bu jamoa etakchilaridan biri uchun kelajagining hal qiluvchi vaziyati emas.

Keynning londonliklar bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Yoz ketish uchun ideal payt bo'ladi. Xarri "shporlar"ga faoliyatining eng yaxshi yillarini bermoqda, ammo bu sodiqlik javobsiz qolmoqda. Har qanday holatda ham forvardga "Tottenxem"da qolish foydasiz. Agar Konte o'z joyida qolsa, bu "shporlar"ning yoshlarga imkoniyat berishga asoslangan loyihasi davom etishini bildiradi. Agar italyan ketsa, londonliklar barchasini boshidan boshlashlariga to'g'ri keladi. Keynda ushbu variantlardan hech biri uchun vaqt yo'q.



"Tottenxem" etakchisi hozirda 29 yoshda. Xarri hali ham yaxshi formada, ammo unda ko'p vaqt yo'q. U mavsum davomida klub tarixiga kiradi, yozda esa o'z sotuvidan foyda ko'rishga yordam berishi mumkin. Mish-mishlarga ko'ra, Levi o'yinchi uchun 100 mln funt talab qiladi. Narx APLdan bo'lmagan klublar uchun pastroq bo'ladi. Keyn uchun bosh davogarlar sifatida "Manchester Yunayted", "Real" va "Bavariya" hisoblanmoqda. 3 klub ham sifatli hujumchilarga muhtoj, so'nggi 2tasi esa sovrinlarning kafolati hisoblanadi. Bu aynan Angliya terma jamoasi sardoriga kerak bo'lgan narsa. Sovrinlar uchun yo'l olish vaqti keldi.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика