Javlon Ibrohimovga sog'lik tilaymiz!
11 avg 2015 16:39
Yangiliklar
Javlon Ibrohimovga sog'lik tilaymiz!
17-tur doirasidagi “Bunyodkor” – “Qizilqum” uchrashuvi startidayoq “qaldirg'ochlar” etakchisi Javlon Ibrohimov jarohat olib almashtirildi.
To'p uchun kurashda Ibrohimov o'mrov suyagini (elka va qo'l suyagi tutashgan joy) sindirib olib, stadiondan to'g'ri shifoxonaga yo'l olgandi.
Javlon Ibrohimov tezroq elka qismidagi jarohatidan forig' bo'lishi uchun “Bunyodkor” shifokorlari uni muntazam nazorat qilib turishibdi. Ayni damda futbolchi uyida davolanmoqda. Kelayotgan shanba kuni Javlon Ibrohimov o'mrov suyagini qayta tiklash uchun jarrohlik stoliga yotadi.
“Bunyodkor” FK raxbariyati, murabbiylari, futbolchilari va barcha ishchi xodimlari Javlon Ibroximovga sog'lik salomatlik tilaydi va “operaciya” muvaffaqiyatli o'tib, tezroq yashil maydonga qaytishini kutib qoladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar