So’nggi yangiliklar

13:56"Ал Ҳилол" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  0 13:29Темурхўжа Абдухолиқов ўзбек футболидаги қайси ҳужумчиларга ҳавас қилган?  0 13:03Алонсо Винисиуснинг ножоиз хатти-ҳаракатларига муносабат билдирди  5 12:40"Бунёдкор" "Олимпия" стадионида "Машъал"дан устун келган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 12:23III Осиё ўйинлари. Ўзбекистон Баҳрайнга 13 та гол урди, плей-оффда Эрон кутмоқда   0 12:06Ана холос! "Ливерпуль" Клоппни ортга қайтаришга ҳаракат қилиб кўради  7 11:46Туркманистон чемпионатида "кутилмаган" чемпион  10 11:00Ямалнинг отаси "Эл Класико"даги мағлубиятдан ўз услубида яна бир фикр билдирди  61 10:51"Насаф" ОКМК билан дуранг ўйнаб, пешқадамликни бой берган ўйиндан ФОТОГАЛEРEЯ  1 10:30"Эл Класико" якунидан сўнг "Реал" футболчиси қизил олди ва яна олти нафар футболчи огоҳлантирилди  3 10:23Пролига. 18-турида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 09:46Суперлига. Бугун тур якунланади  5 09:20Жаҳоннинг энг қиммат ҳимоячилар рейтинги тузилди. Ҳусанов нечанчи ўринда?  11 08:5332 фоиз аҳолиси қашшоқликда яшовчи мамлакат Месси бошчилигидаги Аргентинага қарши ўйин учун 10 миллион доллар тўлайди  20 08:25Кечаги ғалабадан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  6

Jasur Yoqubov: “Lokomotiv”dagi raqobatga tayyorman” Yangiliklar

Jasur Yoqubov: “Lokomotiv”dagi raqobatga tayyorman”

Avval xabar berganimizdek, o'tgan mavsum “Surxon” jamoasida o'ynagan Jasur Yoqubov yaqinda “Lokomotiv”ga ko'chib o'tdi.

Markaziy himoyachi 2021 yilgi Superligada jamoasining chinakam etakchisiga aylanib ulgurdi. Mudofaa chizig'idagi ishonchli o'yinlari  orqali muxlis va mutaxassislar etiborini tortgan 22 yoshli futbolchi endilikda faoliyatida yangi sahifa ochishga qaror qildi. SHu munosabat bilan Yoqubovni suhbatga chorladik. 

- Jasur, dastlab “Lokomotiv”ga o'tishingiz qanday amalga oshgani haqida aytib bersangiz.

- O'tgan mavsum menga ishonch bildirib, “Surxon”ga taklif qilgan murabbiy Rifat Akramxo'jaev “Lokomotiv” tizimida faoliyat yuritayotganini bilsangiz kerak. Aynan shu inson orqali “temiryo'lchilar” jamoasiga o'tdim. Klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladik. Endilikda asosiy etiborimni ushbu jamoaga qarataman.

- O'tgan mavsum “Surxon” jamoasida ishonchli o'yinlaringiz bilan uning xaqiqiy etakchisiga aylangan edingiz. Naxotki sobiq klubingiz sizni olib qolish uchun xarakat qilmagan bo'lsa?  

- Yo'q, “Surxon” rahbariyati meni joriy mavsum jamoada qolishimni istagandi. Ammo o'zimni Toshkent klubida sinab ko'rishga qaror qildim. Oldimda “Lokomotiv”dan tashqari yana 2-3ta variantlar turgandi. Lekin ularni nomlarini hozir aytib o'tishdan mano yo'q. 

- “Lokomotiv”ning mudofaa chizig'i haqida fikringiz qanday?

- Himoyada malakali ijrochilar yig'ilgan. Tabiiyki raqobat kuchli bo'ladi. Men bunga tayyorman. Umid qilamanki, yangi jamoaga kirishib ketishim qiyin bo'lmaydi. 

- O'tgan mavsum Sizni “Surxon” jamoasiga “Qo'qon-1912” klubi ijaraga bergandi. Bu yil qo'qonliklar sizni yana ortga qaytarishni xohlamadimi?

- Avvalambor “Qo'qon-1912” jamoasiga kattakon rahmat aytaman. Meni shu darajaga etishishimda bu jamoaning o'rni katta bo'ldi. Ular ham jamoada olib qolishga xarakat qildi. Lekin o'zimni boshqa jamoada sinab ko'rishni istadim.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика