Jasur Yaxshiboev va SHahboz Umarovning gollari "Energetik-BGU" jamoasiga g'alaba keltirdi
16 mar 2020 17:31
Yangiliklar
Jasur Yaxshiboev va SHahboz Umarovning gollari "Energetik-BGU" jamoasiga g'alaba keltirdi
Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev va SHahboz Umarov Belarusning "Energetik-BGU" jamoasi safida yangi mavsumga hozirlikni davom ettirmoqda.
"Energetik" navbatdagi nazorat o'yinida maydonga tushdi. "Oshmyani" klubiga qarshi kechgan o'yinda minskliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, "Energetik-BGU" tarkibidagi ilk golga Jasurbek Yaxshiboev 15-daqiqada, ikkinchi golga esa SHahboz Umarov 49-daqiqada mualliflik qildi va hamyurtlarimiz gollari evao'iga "Energetik" g'alaba qozondi.
Qayd etish joiz, Belarus Premer-Ligasining 2020 yil mavsum 1-turida "Energetik-BGU" 19 mart kuni BATE bilan bahs yuritadi.
O’xshash yangiliklar
08:52
Legionerimiz jarohat sababli O'zbekiston MTJning sentyabr oyidagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi 8
Fikrlar