Jasur Yaxshiboev: "Elkamdan tog' ag'darilgandek bo'ldi"
19 jan 2020 20:58
Yangiliklar
Jasur Yaxshiboev: "Elkamdan tog' ag'darilgandek bo'ldi"
U-23 Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi BAA - O'zbekiston (1:5) uchrashuvidan keyin Jasur Yaxshiboev mikst zonada o'z fikrlarini bildirdi.
"CHorak finalga kelib musobaqadagi ilk golimni urdim. Oldingi o'yinlarda ham harakat qilgandim. Xudoga shukur bugun niyatimga etdim.
Gol ura olmayotganimga ko'pchilik gapirishni ham boshlagandi. Gol urganimdan keyin elkamdan tog' ag'darilgandek bo'ldi. Tezkor gol o'tkazganimiz sal bo'lsa ham tasir qildi. Ammo maqsadimiz Olimpiadaga chiqish, shu bois o'zimizni qo'lga oldik va g'alaba qozondik.
Bugun stadionda va TV orqali bizni qo'llab turgan barcha muxlislarga, xalqimizga rahmat aytaman. Xudo xohlasa Olimpiadaga bitta qadam qoldi", - deydi Jasur Yaxshiboev.
Akramjon Mamadaliev yozib oldi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar