Jasur Yaxshiboev: "Bugun "Paxtakor"ning kuni emasdi"

Narzulla Saydullayev
6 apr 2018, 21:22
"Buxoro" - "Paxtakor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar vakili Jasur Yaxshiboev o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin juda qiyin bo'ldi. Birinchi taymda imkoniyatlardan foydalana olmadik, raqib esa hisobni ochdi. Ikkinchi taymda "Buxoro" futbolchilari himoyaga yotib olishdi. Bugun bizning kunimiz emas ekan. Penalti ura olmadik, ikki marta to'pni chiziq ustidan qaytarishdi.

O'tgan yillarga qaraganda bu yil chempionat o'yinlariga muxlislar tashrifi o'sib bormoqda. Bundan xursandman.

O'zimizga kerakli bo'lgan ochkolarga yo'qotdik. Ammo hamma klublar ham ochko yo'qotishmoqda. Hozir peshqadamlar bilan farq katta emas.

"Paxtakor" safarda yutqazmoqda? Bunga nima sababligini bilmadim", - deydi Jasur Yaxshiboev.


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia