Jasur Xolto'raev: “Bunyodkor” ham yaxshi taassurot qoldirdi”
12 may 2017 11:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/252832_original.jpg)
![](/upload/storage/252832_220.jpg)
Jasur Xolto'raev: “Bunyodkor” ham yaxshi taassurot qoldirdi”
Ushbu qiziqarli bahsda maydonda faol harakat qilgan futbolchilardan biri “SHo'rtan” jamoasi hujumchisi Jasur Xolto'raev uchrashuv yakunidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
- Avvalo, bizni munosib quvvatlab turishgan muxlislarga rahmat. Tan olish kerak, bugun o'yinimiz uncha chiqmadi, lekin aynan muxlislarning olg'a chorlashlari tufayli yigitlar oxirigacha kurashishdi va ishonchli g'alabaga erishdik.
“Bunyodkor” ham yaxshi taassurot qoldirdi. Mehmonlarning himoyadan o'ynab, qarshi xo'jumga tayanishlarini bilardik. Muhimi, irodali g'alabaga erishdik va hamjihatlik evaziga 3 ochko oldik. Ochig'i, o'yindan avval muxlislar ishonchini yuqotib qo'yishdan qo'rqqandim. Sababi aniq – oldingi o'yinda yutqazib qo'ygandik. Xullas, ayni payt biz uchun chiroyli o'yindan ko'ra, natija muhimroq. Garchi g'alaba qozongan bo'lsakda, muammolarimiz hali etarli, ularning ustidan ishlashda davom etamiz”, - dedi Jasur Xolto'raev.
Faxriddin CHoriev
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar