Jasur Jaloliddinovni "Lokomotiv"da nima ko'proq ajablantirdi?
02 avg 2020 09:30
Yangiliklar
Jasur Jaloliddinovni "Lokomotiv"da nima ko'proq ajablantirdi?
"Tezkor Studiya" loyihasining navbatdagi sonida mehmon bo'lgan Jasur Jaloliddinov jonli muloqot davomida "Lokomotiv"da nima ko'proq ajablantirgani va hayron qoldirgani haqida fikrini bildirdi.
"Mashg'ulotlarda u qadar katta farq sezilmadi. Klub bazasi tog'lik hududda joylashgan, faqat asosiy tarkib uchun. Tashkilotchilik bu erda kuchli. Klubda ishlaydigan insonlarni ko'rsangiz yuzi esingizda qolmaydi. Yani asosiy tarkibni o'ziga qaraydigan ishchilar soni ko'p. Ular faqat shu ishni qiladi. Narsalarni tayyorlaydi. Vitaminizaciya, mashg'ulot uchun kerakli narsalarni barchasini shay holatga keltirib qo'yishadi. Ikkita masajisti bor, ular xonasidan hech qaerga chiqmaydi. SHu tomondan yani tashkilotchilik "Lokomotiv"da juda yaxshi yo'lga qo'yilgan",- deydi Jaloliddinov.
Fikrlar