So’nggi yangiliklar

23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" – "Брайтон". Ҳусанов кутилганидек асосий таркибда!  7 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  1 23:03Испания Суперкубоги. "Барселона" – "Атлетик". Бошланғич таркиблар аниқ!  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  13 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  7 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  99 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6

Jasur Jaloliddinovni "Benevento" jamoasida ko'rishni kim istamoqda? Yangiliklar

Jasur Jaloliddinovni "Benevento" jamoasida ko'rishni kim istamoqda?

Xabaringiz bor, "Bunyodkor" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev bugun saytimizga bergan intervyusida "qaldirg'ochlar" yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinovni Italiyaga ketayotganini malum qildi.

Superliganing 24-turi doirasidagi "Navbahor"ga qarshi g'alabali o'yindan keyin "Bunyodkor" bosh direktori Jasur Jaloliddinovning transferi bo'yicha eksklyuziv malumotni berdi.


- "Joriy mavsumda yorqin o'yinlari bilan ko'pchilikda iliq taassurot qoldirgan Jasur Jaloliddinov dekabrda Italiyaga yo'l oladi. Italiya B Seriyasi peshqadami bo'lib turgan "Benevento" jamoasi Jaloliddinovga qiziqmoqda. Jasur Jaloliddinovni "Benevento"da ko'rishni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Filippo Inzagi istagan. Yaqinda Prezidentimizning futbolga oid farmoni loyihalari elon qilindi. Farmonda ko'plab iqtidorli yosh futbolchilarni tarbiyalab, ularni Evropa bozoriga eksport qilib, shu orqali terma jamoalarimizni kuchaytirish vazifalari kiritilgan. SHu farmon yo'lida biz Jasur Jaloliddinovni transferi uchun katta pul so'ramasdan, Evropaga yo'l ochilgani tufayli "Benevento"ga qo'yib yuboramiz. Italiyaliklarning taklifiga ko'ra, shartnoma hozir imzolanadi va kelasi yili iyul oyidan rasman kuchga kiradi. CHunki Jasur Jaloliddinov hozir 17 yoshda va hali 18 yoshga to'lmagan. Agarda "Benevento" joriy mavsum yakuniga ko'ra o'z maqsadiga erishib, kuchli uchlikda qolsa, unda kelasi mavsumdan etiboran o'zbek futbolchisi yana Italiya A Seriyasida o'ynashi mumkin bo'ladi", - dedi Ulug'bek Mirzaev.


Eslatib o'tamiz, "Benevento" ayni paytda B Seriyada 13-turdan keyin 28 ochko jamg'argan holda turnir peshqadami bo'lib turibdi. B Seriyada dastlabki 3 o'rinni egallagan jamoalar A Seriyaga yo'llanma olishadi.

"Benevento" jamoasi bosh murabbiyi sifatida esa italiyalik mashhur hujumchi Filippo Inzagi ishlamoqda va aynan Pippogolga Jaloliddinovning o'yinlari maqul kelgani tufayli mazkur transfer amalga oshish bo'sag'asida.

Reyting: +89   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика