So’nggi yangiliklar

10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  0 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  2 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  7 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  8 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6

Jasur Jaloliddinov: "To'xtab qolmoqchi emasman" Yangiliklar

Jasur Jaloliddinov: "To'xtab qolmoqchi emasman"

O'zbek futboli muhlislariga sir emaski , bundan ancha yillar avval Italiyaning “Yuventus” klubida kutilmaganda hamyurtimiz Ilyos Zeytullaev paydo bo'ldi.

To'g'ri, u jamoa tarkibida muqiim joy olmadi. Albatta, bunga turli omillar sabab bo'ldi. SHunday bo'lsada, u Evropa futboli havosida o'sdi. Afsuski, uning iqtidoridan terma jamoamiz foyda ko'rmadi. Bejiz biz uni eslaganimiz yo'q. Kuni kecha “Bunyodkor” va “Navbahor” uchrashuvidan so'ng, klub bosh direktori vazifasini bajaruvchi Ulug'bek Mirzaev yosh umidli futbolchi Jasur Jaloliddinovni, Italiya A seriyasiga chiqishga nomzod bo'lgan “Benevento” safiga o'tishini tasdiqladi. Biz esa ertangi derbi oldidan kelajagi porloq futbolchi bilan suhbat uyushtirishni lozim deb topdik.

- Jasurbek Italiyaning “Benevento” jamoasidan taklif borligini birinchi bor kimdan va qachon eshitdingiz? Uni qabul qilishingiz qanday bo'ldi?
- Klubdagilar menga Italiya B seriyasidan taklif borligini aytishdi. Hali jamoa nomi nomalum edi. Faqat, kuchli klub ekanligini tahmin qildim. Endi mendan yanada ko'prog'ini kutishadi.

- 17 yoshda bo'lshingizga qaramay, bu yil ko'plab yutuqlarga erishdingiz. Asosiy tarkibdan joy olish barobarida, olimpiya terma jamoasiga ham jalb etildingiz...
- Erishayotgan muvaffaqiyatlarim hammasi murabbiylarning va ustozlarimning menga berayotgan imkoniyatlari va bildirayotgan ishonchi tufayli deb bilaman. Bu bilan to'xtab qolmoqchi emasman. Qo'lga kiritilishi kerak bo'lgan sovrinlarim hali oldinda.

- Ertaga jamoa poytaxt derbisida “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushadi. Raqib jamoani hali hech kim mag'lub etolgani yo'q. Balki, “Bunyodkor” buning uddasidan chiqar...
- To'g'ri ularni hech kim yutolmadi. Ammo, biz Osiyo chempionlar ligasiga chiqishni maqsad qilganmiz. Buning uchun oldimizda turgan ikkita o'yinda maksimal olti ochko ishlashimiz kerak.

- Jamoa nima uchundir barcha o'yinlarda goldan so'ng o'ta xotirjamlikka berilib ketmoqda. Natijada raqib oradagi farqni tenglashtirishga erishmoqda. Bu borada mashg'ulotlarda ishlandimi?
- CHunki, yutib turgan paytimizda oldinga o'tish katta tavakkal hisoblanadi. Biz uchun g'alaba muhim. “Navbahor” futbolchilari qarshi hujumdan foydalanishga harakat qilishdi. Natijani saqlab qolish uchun shunday bo'ldi deb o'ylayman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика