So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  0 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Jasur Jaloliddinov: "Olimpik"ka kelish uchun ko'p narsadan voz kechdim" (intervyu) Yangiliklar

Jasur Jaloliddinov: "Olimpik"ka kelish uchun ko'p narsadan voz kechdim" (intervyu)

Xabaringiz bor, Jasur Jaloliddinov bu mavsumni "Olimpik" jamoasida boshladi.

 Superliganing birinchi turidan o'rin olgan "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvdan so'ng Jasur Jaloliddinovga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 

- O'yin haqida...

- Birinchi o'yin "Paxtakor" bilan kechdi. Amaldagi chempionga qarshi qiyin bahs bo'ldi. Qura tashlash marosimidan keyin Antaliyadayoq tayyorgarlikni boshlagandik. Ularning yig'inlardagi o'yinlari orqali o'rgandik. Bu mavsumda biz qaysidir taraflama kuchaydik ham, deya olaman. Boshqa tomonidan bizga qiyin bo'lishi aniq. CHunki endi yosh jamoa, deb o'ylashmaydi. Mana, "Paxtakor" ham jangovar ruhda maydonga chiqdi. Lekin biz hamma narsaga tayyor edik. Murabbiyimizning ko'rsatmalarini bajarib maqsadimizga erishdik. Umumiy qilib aytganda mavsumni muhim g'alaba bilan boshladik.

- Bundan buyon "Olimpik"ni yosh deyishda davom etish qanchalik to'g'ri bo'ladi?

- O'ylashimcha, bizni endi hech kim yosh demaydi. Qaytanga yanada jiddiy qarashsa kerak. Biz ham yoshmiz, deb o'tirmayapmiz. Ishlayapmiz. 

-  "Olimpik"dagi raqamingiz haqida...

- Messi 30-raqamni olgani uchun menda ham shunday imkoniyat bo'ldi.  Klubda 30, terma jamoada 10-raqamda to'p tepaman. 

-  "Olimpik"dagi rejalaringiz qanday?

- Agar yozda yaxshi taklif tushsa, ketsam kerak, deb o'ylayman. Lekin birinchi davradan keyin chempionlik uchun kurashadigan o'rinlarda bo'lsak, ketaman. 

-  "Lokomotiv"da tajribali futbolchilar bilan o'ynagansiz.  "Olimpik"da esa tengqurlaringiz bilansiz. Bu sizga erkinlik va o'zingizni ko'rsatish imkonini beradimi?

-  "Olimpik" ochilganidan beri menda shunday imkoniyat bo'gan. Bilaman, bu erga kelsam terma jamoada bo'lgani kabi o'zimni yaxshi his qilaman. Faqat moliyaviy tomondan yutqazardim. Olimpiyadaga yo'llanma beruvchi Osiyo kubogiga bir yil qoldi. Hozir pul va boshqa narsalardan kechishning vaqti. Timur Kapadzening yonida shug'ullanib, yanada yaxshi tayyorgarlik ko'raman. Ochig'i muxlislarda ham men haqimda pul uchun o'ynaydi, degan shubha bor edi. "Olimpik"ka kelish uchun ko'p narsadan kechdim.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика