So’nggi yangiliklar

11:55Ливерпуль клуби Грилишнинг ижараси бўйича музокараларни давом эттирмоқда  0 11:21Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  2 10:53Расмус Хойлунд фаолиятини Италияда давом эттиришга яқин  2 10:24Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги режалари ҳақида фикр билдирди  0 09:54Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этишлари керак"  6 09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  2 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  9 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  1 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  3 07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0 02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  20 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  8 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0

Jasur Jaloliddinov: "Menga katta umid bildirayotgan muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilaman" Yangiliklar

Jasur Jaloliddinov: "Menga katta umid bildirayotgan muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilaman"

Superliga 9-tur doirasidagi "Neftchi" - OKMK o'yinida yagona golni urgan mezbonlar yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bo'lajak o'yinga tayyorgarlik qiyin bo'lmadi, odatdagidek hozirlik ko'rdik. Ketma-ket uchrashuvlarda g'alaba qozona olmaganimiz uchun bosim mavjud edi, ammo buni engib o'ta oldik. Bizda yaxshi jamoa shakllangan. Bu jamoa qiyin vaziyatlardan muvaffaqiyat bilan chiqib keta olishga qodir. Kelgusida ham yaxshi natijalar qayd etishga harakat qilamiz.

Penaltida omadsiz urinish futbolchilarda uchrab turadigan holat hisoblanadi. Muhimi, bu xatoni to'g'rilab, jamoani qiyin holatga tushirib qo'ymadim. Farg'ona ahliga minnatdorchilik bildiraman, ular menga katta umid bilan muxlislik qilishmoqda. Bu masuliyatni his qilyapman. SHu bois, ulardan uzr so'radim. Muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilaman", — dedi "Neftchi" futbolchisi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика