Jasur Hasanov "Dinamo" bilan shartnoma imzoladi
26 jan 2021 14:42
Yangiliklar


Jasur Hasanov "Dinamo" bilan shartnoma imzoladi
Bu haqda samarqandliklar matbuot xizmati xabar tarqatdi.
"Pro liga yangi mavsumi oldidan qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan "Dinamo" klubi safiga yana bir futbolchi kelib qo'shildi.
O'tgan mavsumni Superligada "Buxoro" safida o'tkazgan Jasur Hasanov 2021 yilgi mavsumda "Dinamo" safida to'p suradigan bo'ldi. 31 yoshli yarimhimoyachi Samarqand jamoasi bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi.
Malumot uchun, Jasur Hasanov faoliyati davomida "Buxoro", "Lokomotiv", "Neftchi" klublari sharafini himoya qilgan", deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, Superliganing 2020 yilgi mavsumida 18 ta o'yin o'tkazgan Hasanov 1 ta gol urgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar