So’nggi yangiliklar

00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  30 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8

Jasur Hasanov 37 yoshga to'ldi Yangiliklar

Jasur Hasanov 37 yoshga to'ldi

Bugun bir necha karra O'zbekiston hamda Qatar chempioni bo'lgan Jasur Hasanov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Katta Hasanov (kichigi buxorolik) bugun 37 yoshga to'ldi. 1983 yilning 2 avgust kuni Jizzaxda dunyoga kelgan Jasur futboldagi faoliyatini o'z viloyatining bosh jamoasi - "So'g'diyona"da boshlagan. Hasanov 1999-2002 yillar oralig'ida jizzaxliklar sharafini himoya qilgan. Keyin u "Navbahor", "Mashal" va "Bunyodkor" klublari safida o'ynadi. Aynan "qaldirg'ochlar" tarkibidagi yorqin o'yinlari sabab O'zbekiston milliy terma jamoasidan taklif oldi.

2011 yil Qatar yashil maydonlarida o'tgan Osiyo Kubogida terma jamoamiz bilan birga musobaqaning yarim finaliga qadar etib borgan. Bir necha etakchi futbolchilarimiz qatorida Jasur Hasanov ham "legioner"ga aylandi. Uni Osiyo Kubogi mezbonlari begona qilishmadi. CHap qanot yarim himoyachimiz Qatar Yulduzlar ligasi vakili "Lahviya" bilan shartnoma imzoladi va o'sha yilning o'zida mamlakat chempioni bo'ldi. "Lahviya" libosida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta golga mualliflik qilgan Hasanov "Lahviya"ning chempionligiga munosib hissa qo'shdi.



SHundan so'ng, Jasur Hasanov "Qatar" SK, BAAning "Emireyts" klublarida o'ynadi. 2012 yilda yana O'zbekistonga qaytib, ikki mavsum davomida "Bunyodkor" safida to'p tepdi. Keyin navbati bilan "Lokomotiv", "Qizilqum", "Nasaf", AGMK jamoalari tarkibida harakat qildi. O'tgan mavsum 17 yillik ayriliqdan so'ng ona yurti Jizzaxga qaytgan bugungi kun qahramoni "So'g'diyona" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Umuman olganda, Jasur Hasanov O'zbekiston oliy ligasida 380 dan ziyod o'yinda maydonga tushib, 38 ta golga mualliflik qilgan. O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida esa 53 ta uchrashuv o'tkazgan va 2 ta gol kiritgan. U bir necha karra O'zbekiston chempioni, mamlakat kubogi hamda Superkubogi sohibi, Qatar chempioni hisoblanadi.



Jasur Hasanov 2009-2010 yillarda "Bunyodkor" tarkibida dunyoga mashhur murabbiy Luis Felipe Skolari qo'l ostida to'p tepishga muvaffaq bo'lgan. Aynan braziliyalik mutaxassis Jasurning maydondagi qirralaridan birini ochishga erishgan. Skolari Jasurga faqat qanot bo'ylab to'g'ri harakat qilmasdan, tezligi evaziga raqib jarima maydonchasiga yorib kirishni o'rgatgan.



Hasanov o'sha onlarni shunday eslaydi:

- "So'g'diyona" va "Navbahor"da to'p tepganimda men hujumchi ortida o'ynardim. "Mashal"ga kelibgina meni qanotga qo'yishni boshlashdi. "Bunyodkor"ga kelganimda esa Skolari mashg'ulotlardan birida mendan ampluamni o'zgartirishimni so'radi. Uning uchun men faqat va faqat oldinda to'p tepishim kerak edi. Bazan orqaroqqa qaytsam urishib berardi. Bir xil o'yinlarda meni almashtirib yuborgan. Keyin bilsam, uning orqaga qaytma degan ko'rsatmasiga amal qilmagan ekanman. Bu bilan u kuchimni taqsimlashni rejalashtirgan ekan.

Fursatdan foydalanib, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Jasur Hasanovni saytimiz ijodkorlari va o'quvchilari nomidan muborakbod etamiz. Bugungi kunda uning o'g'li ham ota izidan borib, futbolni tanlagan. Kichik Hasanov "Bunyodkor" akademiyasida o'ynayapti.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика