So’nggi yangiliklar

16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  0 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  2 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  9 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  16 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1

Jasur Hamroev: Bu yil chiqmasak, keyingi yil Superligaga chiqish uchun kurashamiz Yangiliklar

Jasur Hamroev: Bu yil chiqmasak, keyingi yil Superligaga chiqish uchun kurashamiz

Teglar :  DinamoJasur Hamroev
Pro liga 18-turi doirasidagi Turon - Dinamo (3:0) uchrashuvidan keyin samarqandliklar katta murabbiyi Jasur Hamroev matbuot anjumanida ishtirok etib, o'yin borasida o'z fikrlarini bildirdi.

- Uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Bu o'yin raqibimiz uchun ham, biz uchun ham pley-offga yo'llanma beradigan Pro-ligadagi 2-o'rin uchun kurash edi. O'yinni yomon boshlamadik, ikki tomon ham tengkurash ko'rsatayotgan edi. Ammo bo'lim oxirida himoyadagi xatomiz tufayli gol o'tkazib yubordik. Natijada raqib ustunlikni o'z qo'liga oldi.

Ikkinchi bo'limda vaziyatlar yaratgan bo'lsak-da, gol kiritish uchun yigitlarimizda mahorat etishmadi. Vaziyatdan foydalanilganda ehtimol o'yin boshqacha kechardi.

- «Dinamo» avvalgi ikki turda peshqadam «Neftchi»ni mag'lub etdi, «SHo'rtan» bilan yaxshi o'ynab durang qayd etdi. Bugungi o'yin va natija esa avvalgi ikki bahsdan katta farq qilgani sababi nimada?

- Mavsum yakunida jamoada charchoq va jarohatlar o'z tasirini o'tkazdi. SHu bois o'yinimizda pasayish kuzatilgan bo'lishi mumkin. CHunki har 3-4 kunda o'ynayapmiz, qolaversa mavsum yakuni sababli aksariyat futbolchilar bardosh bera olishmaydi.

- «Dinamo» amalda Superligaga chiqish imkoniyatini yo'qotdi. Keyingi ikki o'yinda jamoani qanday ruhlantirmoqchisiz?

- Mavsum boshidan oxirigacha maqsadimiz Superligaga chiqish edi. Ammo jarohatlar pand berdi, deb o'ylayman. Nima ham derdim, bu – futbol. Keyingi ikki o'yinda ham maydonga tushib kurashamiz. Bu yil chiqmasak, keyingi yil Superligaga chiqish uchun kurashamiz.





Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика