Jasur Azimov va Amirjon Safarov "Dinamo"ga qaytdi
28 fev 2018 19:00
Yangiliklar


Jasur Azimov va Amirjon Safarov "Dinamo"ga qaytdi
Toshkentda Pro-Liga bahslariga tayyorgarlik olib borayotgan “Dinamo” klubi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
"Dinamo" jamoasi asosiy tarkib futbolchilari sanalmish, hujumchi Amirjon Safarov va yarim himoyachi Jasur Azimovni boshqa klublardan takliflar bo'lsada, o'z safida saqlab qoldi. “Neftchi” klubi yig'inida ishtirok etgan ushbu samarqandlik futbolchilar ayni damda yana “Dinamo” safiga qaytib, mashg'ulotlarga qo'shilishgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Jamoa ko'rigida ishtirok etayotgan Dilshod SHarofutdinov esa faoliyatini Indoneziya chempionatida davom ettirishga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, “Dinamo” 28 fevral, chorshanba kuni CHig'atoydagi futbol maydonida Termizning “Surxon” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. O'yin soat 16:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar