So’nggi yangiliklar

17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  1 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  2 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  7 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  7 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  0 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  2 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  19 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  11 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  17 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1

Jasur Azimov: Dinamo to'g'ri taktika sabab Neftchini yutdi Yangiliklar

Jasur Azimov: Dinamo to'g'ri taktika sabab Neftchini yutdi

Neftchi - Dinamo (2:3) uchrashuvida Samarqand jamoasining Farg'onadan g'alaba bilan qaytishiga Jasur Azimovning ham hissasi katta bo'ldi.

 Dastlabki gol muallifi o'yindan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Farg'onada hech qaysi jamoaga oson bo'lmasligini oldindan bilardik. Ayniqsa, aynan Dinamo bilan o'yindan oldin Neftchida Vadim Abramovning bosh murabbiyga aylanishi o'yinga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishimiz kerakligini bildirardi. SHu bois murabbiylarimiz 9 iyun kuni Samarqandda o'tgan So'g'diyona bilan bahsda aynan Neftchiga qarshi jiddiy tayyorlashdi. SHu kuni qarshi hujum taktikasini sinovdan o'tkazishgandi. Aynan ushbu tayyorgarlik evaziga Farg'onada qarshi hujum taktikasida yaxshi o'yin ko'rsatib, g'alabaga erishdik.

- Dinamo g'alabasini taminlagan asosiy jihat nima bo'ldi?

- O'ylaymanki, murabbiylarimiz Abramov jamoasiga qarshi to'g'ri taktika tanlashgani yutug'imizni taminladi. Neftchini o'yin davomida to'pga egalik qilib, Barselona uslubida, kichik paslar orqali o'yin ko'rsatishini bilardik. SHu bois, uchrashuv boshidan ularga o'yin bermaslikka harakat qilib, kuchli pressing va qarshi hujumda to'p surdik. O'yin boshida gol urganimdan keyin, Neftchi hujumkorlikni yanada oshirdi. Natijada qarshi hujumlardan foydalanish imkoniyati vujudga kelib, Farg'onadan g'alaba bilan qaytdik. G'alabasiz seriyamizga barham berganimizdan juda xursandmiz. Ammo, aytishim kerakki, Neftchi to'pga egalik qilib, katta bosim o'tkazdi. Oldinda bizni Lokomotiv bilan bahs kutib turibdi. Ushbu o'yinda ham muxlislarimiz ishonchini oqlash uchun harakat qilamiz.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика