So’nggi yangiliklar

11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  2 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  6 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  4 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  7 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  15 09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  11 08:35Факт: "Динамо" ва Абрамовнинг "Насаф" билан ўйинлардаги ноҳуш анъанаси давом этди  2 08:10Фламарион ва Сергеевнинг голлари "шерлар"га "Навбаҳор" устидан ғалаба келтирган учрашувдан галерея  10 08:00"Навбаҳор" "Пахтакор"га ютқазди, Самарқанддаги ўйинда эса Мозговой "Насаф"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  12 07:30Суперлига. Бугун "Нефтчи" "Насаф"га яқинлашиб олиши мумкин  7 02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  8 01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Биз ҳали чемпионлик пойгасини тарк этмадик. Абдиҳолиқов 100% ҳал бўлди"  2 01:23Сергей Лушчан: "5-8та гол ўтказиб юбормаганимиз яхши бўлди. Таркибимиз ўзгармаяпти"  10

Jasur Azimov: "2020 yil faqat chempionlik va ikkinchi o'ringa kurash bo'ldi tamom" Yangiliklar

Jasur Azimov: "2020 yil faqat chempionlik va ikkinchi o'ringa kurash bo'ldi tamom"

Yakunlangan mavsumda o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata olgan "Qizilqum" yarim himoyachisi Jasur Azimov bilan suhbatlashdik.

Ushbu futbolchini ko'pchilik tanimasligi xam mumkin. Sababi ham bor bunga, u maydonda ko'rinmas lekin "qora mehnat" qiladigan futbolchilar sirasiga kiradi.

- Assalomu aleykum, Jasur yaxshimisiz? Kubokdagi o'yinlardan keyin mavsum yakunlandi. 2020 yilgi mavsum buyicha fikrlaringiz qanday?


- Assalomu aleykum! Mavsum biz uchun o'rtacha o'tdi. Jamoamiz hamma ko'rdi chempionat boshida startni yaxshi boshlay olmadi. Lekin ikkinchi davrada o'zimizni qo'lga oldik va hammasini o'zgartira oldik. Bunga sababni ham o'ziz bilasiz. Pandemiya barcha narsani o'zgartirib yubordi. Lekin mana ko'rib turganingizdek yakun yaxshi bo'ldi. Qisqa qilib aytganda jamoamiz uchun mavsum o'rtacha o'tdi deya olaman.

- 2019 yilgi Superliga bilan 2020 yilgi chempionatni taqqoslaganda qanday farq ko'rdingiz? Avvalgi yilgidan solishtirganda joriy mavsum kuchli o'tdimi yoki aksincha?


- Oxirgi ikki yildagi Superliga mening fikrimcha bir necha jihatlarini hisoblamaganda bir xil kechdi. Lekin o'tgan yilgi Superliga kuchli bo'lgan edi. Endi bir xil deganimning asosiy sabablarini aytsam, bu yil ham chempion o'zgarmadi. Keyin avvalgi yilgi uchrashuvlarda kurash va futbolchilarda ishtiyoq bor edi. Bu yil faqat ikkinchi o'rin va oxirgi o'rinlarda kurash bo'ldi tamom. 2019 yil hamma jamoalarda g'alaba uchun ishtyoqi yuqori bo'lgandi. Masalan “So'g'diyona” jamoasining sensaciyalari, “Mashal” jamoasining kutilmagan o'yinlari. Xullas o'tgan yili juda ko'p kutilmagan vaziyatlar bo'ldi. Ayniqsa oxirida “So'g'diyona” va “Bunyodkor” jamoalarining uchinchi o'rin kurashishi xuddi Angliya chempionati o'yinlarini eslatib yubordi. Bu mening fikrim yana ham bilmadim.


- Jasur ko'rdik, jamoangiz pandemiya davrida o'tkazilgan markazlashgan chempionatda yaxshi natija ko'rsatdi. G'alabalar qo'lga kiritildi. Lekin ungacha “Qizilqum” jamoasining ishlari ko'ngildagidek emasdi. Bunga sabab nima edi? Jamoa mehmonda o'ynasa ko'proq yaxshi natija ko'rsatadimi? Aniqroq qilib aytganda “Qizilqum” jamoasi sizningcha “mehmon” jamoasimi?


- Men sizga aytsam hozirda uyda o'ynaymizmi yoki mehmonda buning farqi yuq bo'lib qoldi. Sababi ko'plab qoidalar va muxlislarning tashrifi kamaytirildi. Menimcha shu bois bunday holat kuzatildi. Markazlashgan chempionatdagi natijalarga keladigan bo'lsak, u erda maydon holati juda yaxshiligi qo'l keldi jamoamizga. Bunday yuqori maydonda o'zingiz xohlagan o'yinni ko'rsatish oson va jamoa bilan g'alabaga erishishingiz aniq. Bizga o'shanda mana shu narsa yordam berdi.

- Ozgina jiddiyroq savol. Sizningcha futbol akademiyasi bo'lmagan jamoani professionallar qatoriga qushish o'rinlimi?


- Bu savolga qanday javob berishni ham bilmay qoldim to'g'risi. Menimcha akademiyasi yo'q jamoani noprofessionallikka chiqarishni bilmadim. Hozirda faqatgina “Nasaf” jamoasini akademiya bo'yicha maqtasak arziydi menimcha, “Bunyodkor” jamoasidagi akademiya bor lekin moliyaviy ahvol og'irroq. “Mashal” jamoasida ham bor edi shunday akademiya va mening o'zim ham o'sha akademiya tarbiyalanuvchisiman. Biroq, hozirda baribir “Nasaf” jamoasining akademiyasidan boshqa maktabni bilmadim.

- Jasur Azimov uchun o'zbek futbolida noproffessional futbolchi bormi va u kim?


- Men uchun bizning futbolda noproffessional futbolchilar ko'p. Hammasini nomi bilan aytolmayman-u, lekin o'zining foydasi uchun maydonda shunchaki to'p tepib yurganlar bor. Ular bitta emas bir nechta. Hammasi o'ziga qandaydir manfaat kelishi uchun maydonni bulg'ab yuribdi.

- Jasurbek maroqli suhbat uchun sizga rahmat aytamiz. Barcha javoblar uchun tashakkur. Faoliyatingizga ulkan zafarlar tilab qolamiz. O'z jamoangizni va faoliyatingizda bundanda chiroyli gollar va g'alabalar bilan boyitib yuring.

- Sizlarga ham rahmat! Taklif uchun savollar uchun va hammasi uchun minnatdorman. Sizlarinng ham faoliyatingizga omad va zafarlar tilab qolaman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика