So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  65 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Jasur Abduraimov: "Paxtakor"da shuncha yil ishlab, ko'p marta chempion bo'lganimizda ham, bunchalik xursand bo'lmaganman" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "Paxtakor"da shuncha yil ishlab, ko'p marta chempion bo'lganimizda ham, bunchalik xursand bo'lmaganman"

Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Metallurg" (1:2) o'yinidan keyin mehmonlar ustozi Jasur Abduraimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





- O'yin haqida

- O'ylashimcha, uchrashuv ruhiy jihatdan qiyin kechdi, chunki 7 o'yindan buyon yuta olmayotgandik. Yigitlar astoydil harakat qilishayotgandi, ammo oddiy vaziyatlardagi xatolar evaziga yutqazayotgandik. O'yin borasida yomon ko'rinmayotgandik va bir tarafdan omad ham kelmayotgandi. Futbolchilarimiz xarakter ko'rsatishganidan xursandman. "Paxtakor"da shuncha yil ishlab, ko'p marta chempion bo'lganimizda ham, bunchalik xursand bo'lmaganman. 7 ta o'yin – bu degani 2 oydan beri maqsadimizga erisholmayotgandik. Bugun ham o'zingiz ko'rdingiz, faqat oldinga borishga intildik. Salamat Quttiboev deyarli 1 metrdan gol urolmadi, lekin uni hurmat qilamiz. Etiborimizni ko'proq yoshlarga qaratyapmiz. "Andijon"ni standart vaziyatlar orqali yutib chiqish qiyin.

- Jamoangiz 7 o'yinni g'alabasiz tugatgandi. Agar bugun "Metallurg" yutqazganida, istefoga chiqarilarmidingiz?

- Professional murabbiy sifatida bu savolga javob berishim qiyin. Men oxirigacha o'z ishimni qilaman. Bir narsani alohida aytib o'tishim kerak, qilgan mehnatlarimizni qadrlagani va 7 o'yindan iborat g'alabasiz seriyadan keyin ham sabr qilgani uchun Dilshod Tursunqulovich Ahmedov ( "O'zmetkombinat" AJ boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari – ijrochi direktori, “Metallurg” PFK vice-prezidenti – tahr.)ga tashakkur aytaman. Hamma odam ham bunchalik sabr qilolmaydi. SHunday ekan, ishonchni oqlaymiz va klub uchun borimizni beramiz.

- Ivan Nagaev va Abdurahmon Abdulhaqov maydonga tushgach, jamoada ijobiy natija kuzatildi. Bu avvaldan o'ylangan rejamidi?

- Biz 0:1 hisobida yutqazayotgandik. Murabbiy bu holatda o'yinni o'zgartirishga harakat qiladi. Oxirgi 15 daqiqada 2 ta hujumchi bilan o'ynadik. Tavakkalga qo'l urdik. Nagaev va Abdulhaqov ishonchni oqladi. 

- Etakchilar Kamoliddin Tojiev hamda Aleksandr Lobanov jamoani tark etgani haqida xabarlar chiqdi. Nima uchun bunday qilindi?

- Aytib o'tganimdek, hozir biz yoshlarga etibor beryapmiz. Tojiev va Lobanov yaxshi o'yinchi. Tojiev 39 yoshga kiradi, Lobanov esa 36 ga. Ha, albatta, jamoada tajribali o'yinchilar bo'lishi lozim. Hozir jamoamizda 32 yoshdan katta bo'lgan 8 nafar futbolchi bor. Hozir 5-6 tasi qoldi. Ular yoshlarni oldinga boshlashsa va o'z tajribalari bilan bo'lishishsa, jamoada qolishadi. 

- Ular o'zlari ketishdimi yoki bosh murabbiy sifatida chiqish eshiklarini ko'rsatdingizmi?

- Hali ular ketmadi. Ularda kichik jarohatlar bor, men ozroq dam olishlarini, vaqti kelsa, chaqirishimizni aytdim. Klubning falsafasi – yoshlarga etibor berish.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика