So’nggi yangiliklar

07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  0 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0

Jasur Abduraimov matbuot anjumanida "yorildi" Yangiliklar

Jasur Abduraimov matbuot anjumanida "yorildi"

Superliganing 15-turi doirasida "Bunyodkor"ga qarshi bahsdan keyin "Metallurg" bosh murabbiyi Jasur Abduraimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- VAR nimani ko'ryapti? Futbolchi o'rnidan turdi, o'yinni davom ettiryapti. Ikki daqiqadan keyin... Tushuntiraverib charchadim. Bunday bo'lmasligi kerak. Biz ularni hurmat qilamiz. SHu boisdan hakamlar futbolni, futbolchilarning, murabbiylarning mehnatini qadrlashi kerak. Qanday qilib, 10-daqiqada bahsli vaziyat uchun futbolchiga qizil berish mumkin? Insoniylik tomonlama ham bunday qilinmasligi kerak edi. Biz shuning uchun mag'lub bo'ldik. VAR bor, u bor, bu bor, lekin o'zgarish yo'q. Bu sariq kartochkalik vaziyat bo'lgandi. To'pni tepib yuborgani, vaqtni cho'zgani uchun esa sariq yo'q. Bahona qilish kerak emas. Ammo bosh hakam o'yinni nazorat qilishini istardim.

- Siz bir necha bora o'yindan keyingi matbuot anjumanlarida ishtirok etmadingiz va jazolandingiz. Buni sababi nimada?

- "Turon"ga qarshi o'yinda biz juda yomon o'ynadik. Jahlim chiqdi, biroz asabiy bo'lib turgandim. Matbuot anjumaniga kirmaganim uchun 5 million so'm jarimani to'ladim. "Qizilqum" bilan o'yinda juda yaxshi harakat qildik. Ular ikki martagina markazdan o'tdi va tamom... O'yindan keyin kiyim almashtirish xonasida yig'ilish bo'layotgandi. SHu sababli yordamchimni jo'natdim. Bu hurmatsizlik emas, shunchaki, jarayondan kelib chiqib qo'l urilgan ish edi. O'sha o'yindan keyin PFLdagilar mening oldimga kelib, navbatdagi o'yinda ishtirok etmasligimni aytishdi. Hatto tribunada ham bo'lmadim. VIP-lojadan o'yinni tomosha qildim. Telefon qilsam hech kim ko'tarmaydi. Reglamentda sankciyalar deyilgan. Nima u? Qanaqa sankciya? Aniqlik yo'q. O'zidan o'zi meni diskvalifikaciya qildi. Tushunmayman, ularni "Metallurg"da alami bormi? Bosh murabbiy sifatida birinchi yilimni o'tkazyapman. Matbuot anjumanlarida ortiqcha gaplarni gapirmayman. Doimo o'z fikrimni aytaman. 50ga 50 vaziyatda ular o'yinni sindirishdi. 7 o'zgarish qildi ular. Bunga kim javob beradi? Bosh hakam nima qiladi?

Men murabbiyman va o'z ishimni qilyapman. Endi shu bilan birga hakamlar ham bizning mehnatimizni hurmat qilsin. Doim ham ular haq bo'lavermaydilarku. Xato qilsak, qo'lni ko'tarib, tan olamiz. Ular xato qilsa ham doimo haq. Murabbiy bo'lsa ham, hakam bo'lsa ham, futbol uchun kim bo'lsa ham futbolni hurmat qilaylik.

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика