So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Jasur Abduraimov kimga, nimani isbotlamoqchi? Yangiliklar

Jasur Abduraimov kimga, nimani isbotlamoqchi?

"Paxtakor" - "Buxoro" (2:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" ustozi Jasur Abduraimov qatnashdi.


- Bizda oson o'yinlarning o'zi yo'q. Yoshlarimiz asta-sekin jamoaga moslashib, o'yinga kirishib ketishmoqda. O'yindan-o'yinga futbolchilarimiz yaxshi tarafga o'sishmoqda. Qiyin o'yinda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik. Men jamoaga kelganimdan keyin birinchi qilgan ishim - jamoa jipslashtirishga harakat qildim. Meni quvontirayotgani, jamoamiz juda ahillikda o'ynamoqda. Barcha futbolchi maydonda bor kuchini sarf etmoqda.

- O'yin tugashi bilan Lobanov yosh futbolchi Jamshid Yusupovga keskin ravishda etiroz bildirdi. Bu narsa endi katta maydonni ko'rayotgan yosh futbolchi uchun ruhan qattiq tasir qilmaydimi?

- Etiroz o'rinli bo'lsa, unda bu muammo emas. Yosh futbolchilarga o'z vaqtida etiroz bildirgan maqul. CHunki yosh futbolchilarga har doim tanbeh berish kerak emas. Lobanov gol urilmagan vaziyat bo'yicha unga tushuntirdi. Yosh futbolchilar hozirgi kunda o'zlaridan tezda yulduz yasab olishadi. SHuning uchun ham o'rinli etirozlarni paytida bildirish shart.

- "Paxtakor"da bugun barcha futbolchilar ijodiy ruhda o'ynashdi. Jamoani yaxshi taraflama o'zgartirmoqdasiz. Lekin siz vaqtincha murabbiy sifatida ishlayapsiz. Bu sizga qanday tasir qiladi? Bir oy vaqt o'tganidan keyin sizni ham Ravshan Haydarovdek istefoga chiqarishlari mumkinmi...

- Men hayotda tavakkal qilishni xush ko'radigan insonman. Bu avvalo men uchun katta tajriba. Menga kichik imkoniyat berilgan ekan, bundan maksimum foydalanishga harakat qilaman. Qancha muddatga, qachongacha bu muhim emas. Men qancha ishlashimdan qatiy nazar ishimni chin yurakdan, sidqidildan, professionallardek bajarishga o'rganganman. Menga shunday qiyin pallada ishonch bildirishdimi, demak bundan foydalanib qolishim kerak. Murabbiyning ishi shu, bugun ishlashi mumkin, ertaga esa yo'q. Bu birinchi navbatda men uchun juda katta chorlov bo'ldi. Men avvalo o'zimga kimligimni, nimalarga qodir ekanligimni ko'rsatmoqchiman. Hayotda bazan tavakkal qilishga to'g'ri keladi. Men esa buni juda yaxshi ko'raman.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика