So’nggi yangiliklar

20:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  15 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  30 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  0 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  4 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  16 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0

Jasur Abduraimov: “Guruhda teng raqiblar yig'ilgan” Yangiliklar

Jasur Abduraimov: “Guruhda teng raqiblar yig'ilgan”

U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida “D” guruhida ishtirok etayotgan terma jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.


Bugun Manamadagi  “Radisson Blu Diplomat” mehmonxonasida Osiyo chempionati “D” guruhidan o'rin olgan terma jamoalarning bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Matbuot anjumanida O'zbekiston U-19 terma jamoasi ustozi Jasur Abduraimov ishtirok etdi va mahalliy hamda xorijiy OAV vakillari savollariga javob berdi.

“Biz turnirga etarli tayyorgarlik ko'ra oldik deb o'ylayman. Futbolchilarning holati va tayyorgarligi yaxshi”, - dedi O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi. Turnirdagi ilk raqib – Tojikiston terma jamoasi haqida ham, murabbiy ijobiy fikrlarni bildirdi va ularga qarshi terma jamoani juda qiziqarli o'yin kutib turganini aytib o'tdi.

“Tojikiston bizning eng yaqin va yaxshi biladigan raqibimizdir. Ular bilan ko'p yillik do'stmiz va ularga qarshi o'yinlar doimo qiziqarli bo'lgan. Bu safar ham bizni qiziqarli va kuchli o'yin kutib turganiga shubha yo'q. Ularda juda yaxshi va jangovar ruhga ega futbolchilar bor”, - dedi Abduraimov.

Turnirning “D” guruhidan o'rin olgan terma jamoalar murabbiylarining fikrlari:

Vitaliy Levchenko (Tojikiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi):

“Bizning guruh turnirdagi eng kuchli guruhlardan biri deb o'ylayman. Guruhda juda kuchli va kurashlarga boy o'yinlar bo'lib o'tishiga shubha yo'q. Albatta, turnirda munosib ishtirok etishni maqsad qilganmiz. Biz so'nggi ikki hafta mobaynida turnirga munosib tayyorgarlik ko'rdik. Guruhda yaxshi o'yin namoyish qilishni va turnirda yaxshi natija qayd etishni istaymiz. Maqsadimiz, Koreyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida yo'llanmani qo'lga kiritish.”

Li Ming (Xitoy yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi):

“Asosiy terma jamoa Jahon chempionati saralashida yaxshi natija ko'rsata olmayapti va ushbu holat muxlislarni ranjitmoqda. Hozirda, ko'pchilik muxlislarning nigohi bizga qaratilgan va biz bu bosimga qaramay yaxshi natija ko'rsatishga intilamiz. Har qanday bosimga qaramay yaxshi o'yin namoyish etishga harakat qilamiz. Bugun bizning jamoamizda bir qator yosh istedodlar yig'ilgan. O'ylaymanki, Xitoyda yaxshi avlod shakllanmoqda”.

Ufuk Talay: (Avstraliya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi):

“Guruhda juda yaxshi shakllangan jamoalarga qarshi o'ynaymiz. Bu men uchun ham o'ziga hos sinov. Turnirga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va turnirda yaxshi ishtirok etishni maqsad qilganmiz. Guruhda teng kuchli to'rt jamoa yig'ilgan va ularga qarshi munosib o'ynashni rejalashtirganmiz. Ilk o'yin Xitoyga qarshi va o'yin qiziqarli o'tishiga shubha yo'q. Umuman, ushbu guruhdagi hamma o'yinlar qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o'tishini tahmin qilsa bo'ladi”.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика