So’nggi yangiliklar

17:35"Бавария" "Реал" ярим ҳимоячисига қизиқиб қолди  0 17:01Бабаян терма жамоадан нега "чопгани", футболни ким сабаб тугатгани ҳақида - Санжар Турсунов  1 16:47Суперлига-2025. Энг қиммат легионерлар ТОП-10  4 16:33Мбаппе, Куртуа ва Валверде "Реал"нинг бугунги ўйинини ўтказиб юборади  1 16:03U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистонни мағлуб этган Корея Республикаси пенальтилар сериясида ютқазди ва финалга чиқа олмади  5 15:51Бир йилда 31та ўйин! Хулоса: Яман ва Индозенияни ютдик, Эрон ва Кореяга ютқаздик  10 15:44"Ман Сити" ёзда хавбек ва ўнг қанот ҳимоячисини сотиб олмоқчи. Клубга Камбьязо ва Ливраменто қизиқ  0 15:20"Пахтакор" спорт директори: "Клуб Холдорхоновни сотди, лекин..."  5 14:49Равшан Эрматов: "Осиё кубогининг энг муҳим ўйинларини қабул қилиш учун 40-50 минг кишилик стадионлар талаб этилади. Биз бу масалада бир қанча лойиҳаларни кўриб чиқяпмиз"  9 14:38Ўзбекистон кубоги. Финал мезбонлиги уч стадиондан бирига насиб қилади  10 14:06«Атлетико» президенти: «ВАР яхши ҳакамликни ўлдирди»  6 13:30Пау Кубарси 12 йил ичида «Барселона» ҳимоячилари орасида энг ёш гол муаллифига айланди  3 13:00Жароҳатлардан азият чеккан, мусулмон немис билан бир хонада яшаган ва буюмларини "ўғирлатадиган" ОКМКнинг япониялик легионери билан яқиндан танишамиз  0 12:42Моуринью «Галатасарой» - «Фенербаҳче» ўйинидан кейин ҳакамлар хонасида бўлиб ўтган суҳбат тафсилотларини ошкор этди  0 12:01Неймар ёзда «Барса»га қайтиши мумкин, Захавининг агенти каталонияликлар раҳбариятини кўндиришга уринмоқда. Флик ва унинг штаби мутлақо қарши  16

Jarohatlardan aziyat chekkan, musulmon nemis bilan bir xonada yashagan va buyumlarini "o'g'irlatadigan" OKMKning yaponiyalik legioneri bilan yaqindan tanishamiz Yangiliklar

Jarohatlardan aziyat chekkan, musulmon nemis bilan bir xonada yashagan va buyumlarini "o'g'irlatadigan" OKMKning yaponiyalik legioneri bilan yaqindan tanishamiz

Olmaliqning OKMK klubi yangi mavsum oldidan yaponiyalik futbolchini o'z tarkibiga qo'shib oldi.

Naoki Senaga 1998 yil Yaponiyada tavallud topgan. Futboldagi boshlang'ich talimini "Yokogama" maktabida olgan va keyinchalik o'smirlar jamoasiga qabul qilindi.

Balog'at davrida u Shlyatter kasalligi (Tizza bo'g'imi payining boldir suyagiga birikadigan joyida, tizzaning pastki qismida paydo bo'ladigan yallig'lanish)ga chalindi. Shu sababli uch yil davomida ko'plab o'yinlarni o'tkazib yuborgan, hatto uning yoshlar jamoasiga qabul qilinishi ham shubha ostida qolgandi.

O'shanda hammasi tamom, ortiq rivojlana olmayman deb o'ylab, boshqa kasbning etagini tutish haqida o'ylay boshladim. Hatto topshirish-topshirmaslik borasida qaror qabul qilishda ham ikkilandim. Biroq sinovlardan muvaffaqiyatli o'tdim, bu men uchun hayratlanarli ish edi.

Asta-sekin yoshlar jamoasiga moslasha boshlagan Senaga yoshlar o'rtasidagi mamlakat chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

U erdagi birinchi yil deyarli maydonda ko'rinish bermadim, biroq ikkinchi yildan boshlab rasmiy o'yinlarda asosiy tarkibda paydo bo'lish imkoniyati ko'proq yuzaga keldi.

"Yokogama" maktabini tamomlagach, Naoki Senshu universitetiga o'qishga kirdi va oliygoh jamoasida faoliyatini davom ettirdi.

Universitetdagi to'rt yil men uchun eng og'iri bo'ldi va bu davr maktabdagidan ham qiyinroq edi. Men hatto A jamoada emasdim, B jamoada to'p tepardim. Darhaqiqat, C jamoaga tushib qolishimga yaqin qolgan paytlar ham bo'lgan. Maydonga tushmagan paytlarim juda og'ir o'tardi.

A jamoasiga o'tishga intilish o'rniga o'zimning rivojlanishimga, masalan, dribling aniqligini va zarba berish mahoratimni oshirishga etibor qaratdim.

Senaga bitiruv payti yaqinlashib qolgani sababli xorijga ketish haqida jiddiy o'ylay boshladi.

O'rta maktabning ikkinchi bosqichida o'qib yurgan kezlarim Buyuk Britaniya bo'ylab gastrol safariga bordim, u erda "Arsenal" uchrashuvlarini tomosha qildim va "Vest Xem" yoshlar jamoasiga qarshi o'ynadim. U erda futbol madaniyatini his qildim va xorijga ketishni xohladim.

Universitetning uchinchi kursida J2 liga jamoasiga o'tish imkoniyatiga ega bo'ldim, biroq chempionatda ishlarim yurishib ketishini tasavvur qila olmadim. Shu tariqa, uchinchi kurs oxiri – to'rtinchi kurs boshida chet elga ketishga qaror qildim.

To'rtinchi yilning qishida u Chernogoriyaga yo'l oldi. Biroq u erga kelganining ikkinchi kuni mashg'ulot paytida oyoq barmog'ini sindirib oldi va vataniga erta qaytishga majbur bo'ldi.

O'shanda afsuslanish kabi tuyg'ularni his qilmaydigan holatda edim. Shifokor menda toliqish alomatlari zo'rayganini aytdi. Oyoq barmog'i to'pni engil tepayotgan paytda darz ketdi, bu shunchalik oddiy holatda sodir bo'ldiki, tushkunlikka tushishni ham bilmay qoldim. 

Yaponiyaga qaytib kelgach, Naoki jarrohlik amaliyotini o'tkazib, reabilizaciya jarayonini boshladi va 2021 yilning iyul oyida, shikastlanganidan taxminan olti oy o'tgach, yana Chernogoriyaga yo'l oldi. Shu tariqa, u ikkinchi urinishda mamlakatning ikkinchi divizionida ishtirok etayotgan "Mladost" bilan shartnoma imzoladi.

O'shanda nihoyatda baxtiyorda edim. Jamoa bilan ikki haftaga yaqin mashg'ulot o'tkazdim. Birinchi hafta yaxshi o'tdi, ammo oxirgi nazorat o'yinida maydon alg'ov-dalg'ov, raqib esa kuchli jamoa edi, shu bois hech narsa qila olmadim. O'shanda biroz tushkunlikka tushdim, lekin keyinchalik mashaqqatlarni engib o'tdim. Chunki u erga mashaqqatlarni engib o'tish uchun kelgandim.

O'sha yili uning Chernogoriyadagi karerasi boshlandi. Avvaliga u Yaponiyadagidan mutlaqo farq qiladigan chempionatga moslashishi qiyin bo'ldi.

Raqib futbolchilarining bo'yi odatda 185 sm atrofida bo'ladi, markaziy himoyachilar esa 190 sm bo'yga ega, shu bois ular juda kuchli. U erdagi o'yinlar individual jangga o'xshaydi. U erdagi barcha o'yinchilar metall tishli butsa kiyishadi, ularning to'p atrofidagi shiddati haqiqatan ham hayratlanarli.

Chernogoriyadan boshqa mamlakatlarga ketgan bir nechta futbolchilarni bilaman va ulardan "Chernogoriya futbolchilarining jismoniy kuchi va to'p uchun kurashisht boshqa mamlakatlarga nisbatan yuqori" degan gaplarni eshitganman.

Biroq jamoaviy o'yin va hamjihatlik etishmaydi, shuning uchun bunga ham ko'nikishingiz kerak bo'ladi. Raqibni bir-biriga qo'riqlash yo'q, agar siz o'ng qanot yarim himoyachisi bo'lsangiz, chap qanot hujumchisini doimo kuzatib turishingiz kerak.

Yaponiya yuqori ligasida o'yinlar ehtiyotkorlik bilan parvarishlanadigan maydonlarda o'tkaziladi. Chernogoriyada esa bellashuvlar ko'pincha loyqa sholi dalalariga o'xshash maydonlarda bo'lib o'tadi. Bunday o'yingohlarda mahorat namoyish etish qiyin edi, shu bois moslashishim uchun taxminan olti oy kerak bo'ldi.

Universitetning uchinchi bosqichidan o'tilgan ingliz tili darslarini o'zlashtirib borish natijasida Senaga ko'rsatmalarni tushunish va shu tilda so'zlashuvchi jamoadoshlari bilan muloqot qilish imkoniga ega bo'ldi. Serb tilini o'rganish uchun esa unga ikki yarim yil kerak bo'ldi. Shuningdek, u avvaliga yashash bilan bog'liq muammolarga duch kelganini aytdi.

Ikkinchi divizionda ishtirok etib yurgan kezlarimiz yaponiyalik jamoadoshim bor edi va biz birga yashardik, lekin bizga juda kichik uy berishgandi. Balki bu shaxsiy muammomdir, lekin yonimda kimdir bo'lsa, yaxshi uxlay olmayman. O'sha paytlarda uyqusizlikdan aziyat chekardim.

Bir necha yil ilgari xuddi shunday kichik xonada nemis futbolchisi bilan istiqomat qildim. U musulmon edi va har kuni tonggi 5 larda namoz o'qish uchun turardi, o'sha payt men ham uyg'onardim. Keyinchalik o'yinim yaxshilana boshlagach, rahbariyat alohida xona berishdi.

Shaxsiyat jihatdan farqlarga kelsak, boshqa o'yinchilarning mening buyumlarimdan foydalanayotganini tez-tez sezib qolardim. Masalan, mashg'ulotga banan olib kelsam, birdan yarimini yo'qolganini yoki boshqa o'yinchilar mening shippagimni kiyib olganini ko'raman. U erdagi madaniy farqlarni yaqqol his qilardim. Bundan tashqari, u erdagilar odamlarga shirinlik edirishga urinishadi.

Ko'pincha ular o'zlari sotib olgan narsalarini boshqalar bilan baham ko'rishadi va agar rad etsangiz, og'zingizni ochib bo'lsa-da, edirishga harakat qilishadi, shuning uchun oxir-oqibat rozi bo'lishga majbur bo'laman. Shu nuqtai nazardan ularni juda mehribon deyishim mumkin. Ularning xarakteri yaponiyaliklardan yaqqol ajralib turadi.

"Mladost"dagi birinchi mavsumida jamoa ikkinchi diviziondagi 10 ta klub ichida uchinchi o'rinda yakunladi. Yaxshi taassurot qoldira olgani tufayli Naoki birinchi diviziondagi "Ezero" safiga qo'shildi. Ushbu klubga asta-sekin moslashib borgan Naoki gollari va assistlari bilan muxlislarni xursand eta boshlaydi.

Yosh paytimdayoq Evropaga talpinib, oldinga qadam tashlash uchun kelganman, shu bois biroz hadigim bor edi. "Nega kutilganidek o'ynay olmayapman" deya o'zimdan-o'zim xafa bo'lardim. Bu holat menda kollejdagi damlarimni eslatib yuborardi. Ammo hozir o'tmishga o'girilsam, ruhiy jihatdan o'sgandek bo'ldim.

O'tgan yilning yozida u Vengriya birinchi divizionining "Debrecen" klubiga borib qo'shildi. 

Jamoaga qo'shilganimdan xursandman. Yangi muhitda yanada rivojlanish va jamoa g'alabalariga hissa qo'shish uchun bor kuchimni sarflayman.

Joriy yilning yanvarida esa Naoki Senaga O'zbekistonning OKMK klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Kuni kecha esa u "Sho'rtan"ga qarshi nazorat uchrashuvida o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.


Ronalduning maqtoviga sazovor bo'lgan, urush tufayli jamoasini o'zgartirgan va "Paxtakor"ni OCHLning keyingi bosqichiga olib chiqqan Brayan Riaskos bilan yaqindan tanishamiz 

Otasi futbolchi bo'lishini xohlamagan, "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan so'ng taqdiri o'zgargan va yaylovdan Chempionlar ligasiga yo'l olgan "Andijon"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz

Darvozadan darvozaga gol urgan, Militao va Brunu bilan bir safda turgan hamda intervyusi tufayli xijolatda qolgan "Paxtakor"ning yangi posboni bilan yaqindan tanishamiz

Superligadagi debyutida "Nasaf"ni jazolagan, hokimdan mashina olgan hamda Toshkentda ota-onasi ko'z o'ngida gol urgan Rubin Xebay haqida qiziqarli malumotlar

"Bunyodkor" sobiq murabbiyi qo'l ostida to'p tepgan, Alisson Bekerga yaqin qarindosh bo'lgan hamda sigir sog'ishni qoyillatadigan "Paxtakor"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz

"Men Messi yoki supermen emasman" — yoshi kichraytirilgani gumon qilingan, 16 yoshida termada debyut qilgan, Katanec qo'l ostida O'zbekistonni mag'lub etgan va Argentinaga qarshi o'yinda onasidan ayrilgan "Paxtakor"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz

Debyutida chetlatilgan, APL klublari nazariga tushgan, hakamga musht tushirgani uchun yarim yil futbolsiz qolgan hamda maoshini bolalarga hadya qilgan Superliganing eng yaxshi xorijlik o'yinchisi bilan yaqindan tanishamiz

Bobosi yaponiyalik, buvisi braziliyalik bo'lgan, akasi sababli poziciyasini o'zgartirgan hamda kubok finalida hal qiluvchi 11 metrli zarbani ko'kka sovurgan "Bunyodkor"ning yangi legioneri bilan tanishamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика