Jarimaga tortilgan Kosta bir oyga safdan chiqdi
21 sen 2018 23:58
Yangiliklar
Jarimaga tortilgan Kosta bir oyga safdan chiqdi
“Yuventus” yarim himoyachisi Duglas Kosta ECHL 1-turi doirasida “Valensiya”ga qarshi bellashuvda jarohat olgandi.
Tibbiy tekshiruv natijalariga ko'ra, futbolchi to'piq bo'g'imi va sonidan jarohat olgan. SHu tariqa u kamida uch-to'rt haftaga safdan chiqdi, deya xabar bermoqda Calciomercato.com.
Ispaniyada kechgan bellashuvda u 67-daqiqada maydonga tushgan, ammo 89-daqiqada jarohat olib, safdan chiqqandi.
Eslatib o'tamiz, Italiya A seriyasining 4-turida futbolchi “Sasuolo”ga qarshi bahsda raqib yuziga tupurgani uchun to'rtta o'yinga diskvalifikaciya qilingan ham edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar