So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  64 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Jarimadan gollar urilgan o'yinda "Qo'qon-1912" o'z maydonidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Jarimadan gollar urilgan o'yinda "Qo'qon-1912" o'z maydonidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

Superliga 17-turida "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Surxon" jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv maydon egalarining faol hujumlari bilan bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalardanoq tashabbusni qo'lga olgan "Qo'qon-1912" futbolchilari birinchi bo'limning 7-daqiqasidayoq tezkor gol kiritishni uddasidan chiqdilar. Bu vaziyatda mezbonlarning kombinaciya orqali tashkil etgan hujumini 4-raqamli futbolchi Sobit Sindarov aniq zarba bilan golga aylantirdi - 1:0. Goldan ruhlangan mezbonlar raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritish uchun faollikni yanada oshirdilar. Tashkil etilgan hujumlar natijasida "Qo'qon-1912" futbolchilarida yana yana qulay imkoniyatlar yuzaga kela boshladi. Dastlab SHaxboz Erkinovning zarbasiga aniqlik etishmagan bo'lsa, keyinchalik Murod Xolmuxammedovning burchakdan etkazib bergan to'piga Suhrob Berdievning bosh bilan yo'llagan zarbasi bir oz noaniq bo'ldi. Mezbonlarning hujumkor o'yiniga o'z navbatida tezkor qarshi hujumlar bilan javob berib turgan "Surxon" vakillari 38-daqiqaga kelib hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldilar. Mehmonlar futbolchisi Abdul Aziz Yusupovga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun uchrashuvni boshqarib borayotgan bosh hakam "Qo'qon-1912" darvozasi tomon jarima zarbasi belgiladi. "Surxon" jamoasining tajribali futbolchisi SHavkat Salomov chamasi 25 metrlardan jarima zarbasi ajoyib tarzda ijro etib, mezbonlar darvozasini ishg'ol etdi - 1:1.
Birinchi bo'lim so'ngiga qadar darvozalarga boshqa gol kitilmadi va 1:1 hisobida yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'lim yana mezbon jamoa futbolchilarining hujumkor o'yini bilan boshlandi.

Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida "Qo'qon-1912" futbolchisi Suhrob Berdievda mehmonlar darvozasiga gol kiritish uchun imkoniyat yuzaga kelgandi, biroq bu vaziyatda uning zarbasi noaniq bo'ldi. Oradan bir oz vaqt o'tib mezbonlarda burchak to'pi tepish imkoniyati yuzaga keldi. Murod Xolmuxammedovning burchak to'pidan yo'llangan aylanma zarbasi juda xavfli chiqdi, bir oz noaniq. Uchrashuvning 58- daqiqasi mezbonlar uchun omadli keldi. Bu vaziyatda "Surxon" jamoasining legioner futbolchisi Vladimir Bubanya o'z jarima maydoni yaqinida mezbonlar futbolchisiga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. Jarima to'pini qo'qonliklarning tajribali futbolchisi Murod Xolmuxammaedov kuchli zarba bilan golga aylantirdi - 2:1.

Oradan bir oz vaqt o'tib "Surxon" jamoasi vakillarida o'yinda hisobni tenglashtirish uchun imkoniyat yuzaga kelgandi, biroq bu vaziyatda Azam Alievning zarbasiga aniqlik etishmadi. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng mehmonlar o'yinni ancha kuchaytirishdi, lekin ular tomonidan tashkil etilgan bir necha hujumlar samara keltirmadi.
SHu tariqa "Qo'qon-1912" jamoasi Superliga uchrashuvlarida o'z maydonidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.


Coca Cola Superliga. 17-tur.

Qo'qon "Markaziy" o'yingohi. 3750 tomoshabin

«Qo'qon-1912» - «Surxon» 2:1 (1:1)

Hakamlar:
Zokir Qodirov, Obid Jumaev, Ruslan Samandarov, Akmal Rahimov.
Nazoratchi: Rashid Aytekov.
Komissar: Erkin Baxtiyorov.

Gollar: Sobit Sindarov 7, (1:0), SHavkat Salomov 38, (1:1), Murod Xolmuxammedov 58, (2:1)

“Qo'qon-1912”: 1. Islom Abdullaev, 4. Cobit Sindarov (11. Timur Hakimov - 84), 7. Jamshid Hasanov, 10. Quvondiq Ro'ziev, 14. Avaz Mamatxo'jaev (16. Jasur Hasanov – 83), 15. Oybek Rustamov, 17. Jahongir Ahmadov, 19. Suhrob Berdiev (91. Otabek Haydarov – 76), 22. SHahboz Erkinov, 65. Marko Milich, 70. Murod Holmuhammedov.
Zaxira: 33. Muzaffar Abdullaev, 9. Zafar To'raev, 21. Timur Usmonov, 27. Jasur Yoqubov, 72. Alisher Samatov.

“Surxon”: 22. Sardor Qobuljonov, 2. Abduqahhor Xojiakbarov, 4. Duglas Nasimento (99. Lukas De Oliveyra – 70), 6. Rahmatullo Berdimurodov (77. Asror G'ofurov -30), 10. SHavkat Salomov (9. SHohnazar Norbekov-80) , 13. Abdul Aziz Yusupov, 14. Abror Ismoilov , 19. Vladimir Bubanya, 20. Husniddin G'ofurov, 21. Azam Aliev, 44. Darko Stanoevich.
Zaxira: 1. Asilbek Amonov, 12 . Azamat Ahmedov, 5. Azamat Isroilov, 7. Ravshanbek Xursanov, 15. Azamat Allaniyozov, 17. Eldor Boymatov.


Bekzod Tolibov tayyorladi



Foto: "Qo'qon-1912" matbuot xizmati

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика