Jarima zarbalari qiroli Junino Lionga qaytishi mumkin
31 may 2017 22:33
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/256851_original.jpg)
![](/upload/storage/256851_220.jpg)
Jarima zarbalari qiroli Junino Lionga qaytishi mumkin
Lion klubi sobiq yarim himoyachisi Junino Pernambukano klubga qaytib ish boshlashi mumkin.
RMC Sport nashri xabariga ko'ra, 42 yoshli braziliyalik sobiq futbolchi sport direktori lavozimini egallashi mumkin.
Yaqin orada Lion Junino bilan Londonda muzokara o'tkazadi. Futbolchi Lionda 2001-2009 yillarda o'ynagan. U klub safida Franciya chempionatida 248 ta o'yin o'tkazib 75ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar