Jardim Mbappeni navbatdagi o'yin qaydnomasiga ham kiritmadi
24 avg 2017 09:02
Yangiliklar
Jardim Mbappeni navbatdagi o'yin qaydnomasiga ham kiritmadi
"Monako" hujumchisi Kilian Mbappe "Marsel" bilan o'yinda ham qatnasha olmaydi.
"Monako" ustozi Leonardu Jardim hujumchi Kilian Mbappeni "Marsel" bilan o'yin qaydnomasiga kiritmadi.
Jardim buni yosh francuzning kelajagi mavhumligi bilan izohladi.
Mbappe o'tgan turda "Metc" bilan bahsda ham qaydnomadan o'rin olmagandi. Jardim o'shanda futbolchining jismoniy holati yomoligini aytgandi.
Mbappe tez orada "Pari Sen-Jermen"ga o'tishi haqida xabarlar chiqqandi.
Fikrlar