So’nggi yangiliklar

00:30"Тоттенхэм" янги бош мураббийи учун 10 млн товон пули тўлайди  0 00:10Матеус Кунья: "Манчестер Юнайтед"ни болалигимдан яхши кўраман"  0 23:57Промес ҳибсга олинди, у 7,5 йилга қамалиши мумкин  0 23:31Жон Дуран "Ал Насср"дан кетиши мумкин  0 23:13"Арсенал"нинг таклифи "Спортинг"га маъқул келмади  1 22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  2 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  3 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  11 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  3 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  9

Janubiy Koreyaga qarshi 14-o'yin Yangiliklar

Janubiy Koreyaga qarshi 14-o'yin

O'zbekiston terma jamoasi bugun Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaydi.
Ushbu bahs jamoalarning o'zaro 14-uchrashuvi bo'ladi. SHu kunga qadar bo'lib o'tgan 13ta o'yinda koreyslar 9 marta g'alaba qozonishgan. Uch bor bahs durang natijasi bilan tugagan. O'zbekiston Janubiy Koreyani faqat bir bor taslim qila olgan. To'plar nisbatida raqib ustun: 28:13.

Etiborlisi ushbu yagona g'alabani dastlabki to'qnashuvda qo'lga kiritganmiz. 1994 yil Osiyo o'yinlari yarim finalida Azamat Abduraimov tomonidan urilgan gol koreyslarning mag'lubiyatini taminlagandi.

Ikki durang Jahon chempionatlari saralashida qayd etilgan. 2005 yil Toshkentda o'tgan bahsda Maksim SHackix hisobni ochgan, so'nggi daqiqada Park CHu Yun gol urib koreyslarni mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi - 1:1.



2012 yil yana Toshkentdagi bahs durang bilan tugagan - 2:2.

Koreyaga qarshi Osiyo Kuboklarida ikki bor to'qnash kelganmiz. 2011 yil Qatarda bo'lib o'tgan musobaqaning 3-o'rin uchun o'yinida raqiblarimiz 3:2 hisobida zafar quchishgan.

2015 yil Avstraliyadagi Osiyo Kubogi chorak finalida bu jamoaga qo'shimcha taymlarda 0:2 hisobida yutqazib qo'yganmiz. O'tgan yil mart oyida Janubiy Koreya bilan o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida safarda durang qayd etilgan - 1:1.


 
Sana Mezbon Hisob     
Mehmon O'yin maqomi
13.10.1994     
O'zbekiston  1:0 Janubiy Koreya      
XII Osiyo o'yinlari
12.09.1997 Janubiy Koreya      
 2:1 O'zbekiston JCH-1998 saralashi
18.10.1997 O'zbekiston  1:5 Janubiy Koreya JCH-1998 saralashi
30.03.2005 Janubiy Koreya  2:1 O'zbekiston JCH-2006 saralashi
03.06.2005 O'zbekiston  1:1 Janubiy Koreya JCH-2006 saralashi
05.07.2007 Janubiy Koreya  2:1 O'zbekiston O'rtoqlik uchrashuvi
11.10.2008 Janubiy Koreya  3:0 O'zbekiston O'rtoqlik uchrashuvi
28.01.2011 Janubiy Koreya  3:2 O'zbekiston Osiyo kubogi 2011
25.02.2012 Janubiy Koreya  4:2 O'zbekiston O'rtoqlik uchrashuvi
11.09.2012 O'zbekiston  2:2 Janubiy Koreya JCH-2014 saralashi
11.06.2013 Janubiy Koreya  1:0 O'zbekiston JCH-2014 saralashi
22.01.2015 Janubiy Koreya  2:0 O'zbekiston Osiyo kubogi 2015
27.03.2015 Janubiy Koreya  1:1 O'zbekiston O'rtoqlik uchrashuvi
 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика