So’nggi yangiliklar

15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  0 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1

Janubiy Koreya U23 - O'zbekiston U23. Prevyu Yangiliklar

Janubiy Koreya U23 - O'zbekiston U23. Prevyu

Kecha Qatar poytaxti Doxa shahrida U-23 yoshlar o'rtasida hisob bo'yicha ikkinchi Osiyo chempionati final bosqichi start oldi.

Etiborlisi, mazkur turnir shu yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlarining futbol musobaqasiga yo'llanma beruvchi turnir hisoblanadi. Qatardagi turnirda dastlabki uchta o'rinni egallagan terma jamoalar Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritidalilar.

Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi musobaqaning C guruhida Janubiy Koreya, Iroq hamda Yaman olimpiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. O'zbekiston hamda Janubiy Koreya olimpiya terma jamoalari shu paytgacha bu yoshdagi turnirlarda o'zaro 4ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushishgan va ularning uchtasida Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi g'alaba qozongan bo'lsa, yana bir uchrashuvda durang qayd etilgan.



O'zaro o'yinlar:

28.03.2007
Janubiy Koreya – O'zbekiston 2:0

18.04.2007
O'zbekiston – Janubiy Koreya 0:1

22.08.2007
Janubiy Koreya – O'zbekiston 2:1

17.11.2007
O'zbekiston – Janubiy Koreya 0:0.

Iroq olimpiya terma jamoasi esa, avvalgi Osiyo chempionatida ham O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan bir guruhda to'p surgan edi va o'shanda Iroq 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Qolaversa, Iroq terma jamoasi shu yosh toifasida amaldagi Osiyo chempioni hisoblanadi – Ummonda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati finalida Iroq olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoni terma jamoasini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, oltin medallarni qo'lga kiritgan.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati 1-tur o'yinini aynan Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 13 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика