Janubiy Koreya olimpiyachilari o'rtoqlik o'yinida Avstraliyani mag'lub etishdi
09 okt 2015 22:15
Yangiliklar


Janubiy Koreya olimpiyachilari o'rtoqlik o'yinida Avstraliyani mag'lub etishdi
Takidlash joiz, ikkala terma jamoa 12 oktyabr kuni o'zaro ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadilar. Avvalroq xabar berilganidek, Janubiy Koreya ishtirokidagi o'rtoqlik uchrashuvlarini bevosita tomosha qilish uchun O'FF texnik direktori Deyan Jurjevich Janubiy Koreya poytaxti Seul shahriga jo'nab ketgan.
Eslatib o'tamiz, yanvar oyida Qatarda U-23 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslari o'tkaziladi. Viktor Jalilov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-23 yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati "C" guruhidagi ilk uchrashuvida aynan Janubiy Koreya U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo chempionati guruh bosqichida O'zbekiston U-23 terma jamoasi Janubiy Koreyadan tashqari, Iroq hamda Yaman olimpiya terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar